#24_ta_masala
#Deputatlar_faoliyati
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi deputati M.Kazakova tomonidan hududdagi xotin-qizlar o‘rtasida oilaviy kelishmovchiliklarning oldini olish hamda oilalarda sog‘lom ma’naviy muhitni mustahkamlash maqsadida mahalla faollari ishtirokida suhbat o‘tkazildi.
Suhbat davomida oila muqaddasligi, o‘zaro hurmat, ahillik va mehr-oqibat muhim qadriyat ekani ta’kidlanib, fuqarolarga oiladagi muammolarni tinch va hamjihatlik asosida hal etish yuzasidan tavsiyalar berildi.
Shuningdek, hozirda mazkur oilani yarashtirish va muammoni ijobiy hal etish bo‘yicha tegishli chora-tadbirlar amalga oshirilayotgani ma’lum qilindi.
🔰Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
Telegram | Veb-Sayt| Facebook|instagram