Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining 27-sessiyasida viloyat Kengashi deputati Nurmatova Nilufar Ziyadullayevna tomonidan gaz ta’minoti bilan bog‘liq murojaat yuzasidan bir fuqaroning muammosi hal etilmayotgani, mas’ul tashkilotlar tomonidan esa aniq va asosli javob berilmagani haqida savol o‘rtaga tashlandi.
янв.21
Tuman hokimligi ijro intizomi bosh mutaxassisi J.To‘xsonboyevning hisoboti yuzasidan
янв.21
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 10-fevraldagi PF-6166-sonli Farmonida belgilangan vazifalar ijrosi bo‘yicha tumanda amalga oshirilgan ishlar yuzasidan tuman hokimligi ijro intizomi bosh mutaxassisi J.To‘xsonboyevning hisoboti muhokama qilindi
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining 27-sessiyasida tuman Kengashi deputati S. Maxkamov tomonidan tumanda jinoyatchilik holatlari har chorakda oshib borayotgani, ayniqsa ayrim mahallalarda huquqbuzarliklarning ko‘payishi aholini tashvishga solayotgani yuzasidan savol o‘rtaga tashlandi. Shuningdek, mavjud holatni barqarorlashtirish va jinoyatchilikning oldini olish borasida qanday amaliy choralar ko‘rilayotgani bilan qiziqildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining 27-sessiyasida viloyat Kengashi deputati Norboyeva Soxiba Otakulovna tomonidan maktablarda “So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbirlarini xavfsiz va tartibli o‘tkazish yuzasidan qanday chora-tadbirlar belgilanayotgani haqida savol bilan murojaat qilindi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining 27-sessiyasida viloyat Kengashi deputati Nurmatova Nilufar Ziyadullayevna tomonidan avvalgi sessiyalarda qizil toifaga kiritilgan mahallalardagi profilaktika inspektorlarining sessiya yig‘ilishlarida ishtirokini ta’minlash masalasi ko'tarilgani ammo bu sessiyada ishtiroki taminlanmaganligi yuzasidan savol yo‘llandi.
янв.21
Tuman IIB boshlig‘i o‘rinbosari jamoat xavfsizligi xizmati boshlig‘i M.Xamrayevning hisoboti yuzasidan
янв.21
Tuman IIB boshlig‘i o‘rinbosari jamoat xavfsizligi xizmati boshlig‘i M.Xamrayevning hisoboti yuzasidan
янв.21
Tumanda 2026-yilning birinchi choragi davomida jinoyatchilikni oldini olish, jamoat tartibini saqlash va fuqarolar xavfsizligini ta’minlash borasida amalga oshirilgan ishlar va yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar yuzasidan tuman IIB boshlig‘i o‘rinbosari jamoat xavfsizligi xizmati boshlig‘i M.Xamrayevning hisoboti muhokama qilindi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi sessiyasi ishida ovozlarni hisoblash, ovoz berish natijalarini aniqlash hamda nizoli masalalarni hal etish maqsadida deputatlar orasidan sanoq komissiyasi tuzildi.
Ijtimoiy loyihalar ijrosi o‘rganildi.

Ijtimoiy loyihalar ijrosi o‘rganildi.


✅ Xalq deputatlari tuman Kengashi raisi B.Haitov hamda tuman Kengashi deputatlari tomonidan tumanda amalga oshirilayotgan muhim ijtimoiy loyihalarning ijrosi joyida o‘rganildi.

✅ Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati tashabbusi va tanlovi asosida “Open budjet” loyihasi doirasida ta’mirlanishi belgilangan 61-sonli umumta’lim maktabida olib borilishi rejalashtirilgan ishlar bilan tanishildi.

✅ O‘rganish jarayonida maktab binosining mavjud holati, ta’mirlash ishlarining loyiha-smeta hujjatlari, qurilish-ta’mirlash ishlarining bosqichlari va muddatlari muhokama qilindi. Shuningdek, ta’lim muassasasida o‘quvchilar uchun yaratilgan sharoitlar, infratuzilmani yaxshilash, sinfxonalarni zamonaviy jihozlash hamda sanitariya-gigiena talablariga muvofiq holatga keltirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

✅ Qayd etilganidek, “Open budjet” loyihasi aholi tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, hududlarda ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish va fuqarolarning qaror qabul qilish jarayonlaridagi ishtirokini kengaytirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Slide 1 of 5