Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Djamolova Lola Djalilovnaning deputatlik so‘roviga tuman oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i G.Israilovadan javob olindi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi deputati L.Djamolova tomonidan Taraqqiyot mahallasida aholi bandligi yo‘nalishida olib borilayotgan ishlar o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati mudiri J.Axunovning kunlik ish rejasiga asosan “Samarqand suv ta’minoti” AJ tuman filiali tasarrufidagi Do‘stlik mahallasi Darvozagaza qishlog‘ida joylashgan suv inshooti faoliyati o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati mudiri J.Axunovning kunlik ish rejasiga asosan “Samarqand suv ta’minoti” AJ tuman filiali tasarrufidagi Eshonxo‘ja suv inshooti faoliyati o‘rganildi.
янв.21
Payariq tumani hokimi, Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati Sh.Xudayberdiyev hamda Xalq deputatlari tuman Kengashi raisi A.Tavboyev Alisher Navoiy mahallasining tantanali ochilish marosimida ishtirok etdi.
янв.21
Tumandagi oila va xotin-qizlar bo‘limi xodimlari uchun zamonaviy kompyuter texnikalari xarid qilish maqsadida mablag‘ ajratildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi deputati M.Kazakova tomonidan G‘oyib ota mahallasida olib borilayotgan bunyodkorlik, obodonlashtirish hamda aholi farovonligini oshirishga qaratilgan ishlar o‘rganildi.
янв.21
Osiyo chempionati doirasida Saudiya Arabistonida o‘tkazilgan musobaqalarda munosib ishtirok etgan murabbiy va sportchilarni taqdirlash maqsadida mablag‘ ajratildi
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati Z.Turdiyev 9-Botmon saylov okrugida joylashgan Ko‘lto‘sin mahallasida tuman hokimi o‘rinbosari E.Mamadiyorov bilan birgalikda o‘rganish ishlari olib bordi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi deputati M.Kazakova tomonidan hududdagi xotin-qizlar o‘rtasida oilaviy kelishmovchiliklarning oldini olish hamda oilalarda sog‘lom ma’naviy muhitni mustahkamlash maqsadida mahalla faollari ishtirokida suhbat o‘tkazildi.Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi deputati M.Kazakova tomonidan hududdagi xotin-qizlar o‘rtasida oilaviy kelishmovchiliklarning oldini olish hamda oilalarda sog‘lom ma’naviy muhitni mustahkamlash maqsadida mahalla faollari ishtirokida suhbat o‘tkazildi.
Navbatdagi qabul “Shaftolizor” mahallasi fuqarolari uchun tashkil etildi

Navbatdagi qabul “Shaftolizor” mahallasi fuqarolari uchun tashkil etildi

🇺🇿 Xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashi kotibiyati hamda Davlat kadastrlari palatasi Uchtepa tumani filiali hamkorligida “Shaftolizor” mahalla fuqarolar yig‘ini binosida navbatdagi fuqarolar qabuli o‘tkazildi. Qabulda xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashiga O'zLiDePdan saylangan "3-Istirohat" okrugi deputati Xalmatov Bobur Baxodirovich hamda Davlat kadastrlari palatasi Uchtepa tumani filiali bosh mutaxassisi Baxtiyor Sodiqov ishtirok etib, fuqarolarning murojaatlarini tingladilar.

📁 Uchrashuvda asosan “Shaftolizor” mahallasi fuqarolari qatnashib, yerga egalik huquqini rasmiylashtirish, mulkni e’tirof etish, oila a’zolari o‘rtasida yer maydonlarini bo‘lish hamda kadastr hujjatlariga oid masalalar yuzasidan murojaatlar bildirdilar.

🗂 Xususan, 5-proyezd Shoir ko‘chasi va 3-proyezd Shoir ko‘chasida istiqomat qiluvchi fuqarolar tomonidan qizil chiziqlar hududi, o‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer maydonlarini qonuniylashtirish hamda mavjud holatlarni huquqiy tartibga solish masalalari ko‘tarildi. Shuningdek, ayrim fuqarolar O‘zbekiston Respublikasining 2024-yil 5-avgustdagi O‘RQ-937-sonli Qonuni ijrosi yuzasidan ham murojaat qildilar.

📆 Qabul davomida barcha murojaatlar joyida o‘rganilib, fuqarolarga batafsil huquqiy tushuntirishlar berildi. Jumladan, 5-proyezd Shoir ko‘chasidagi mahalla hududi bilan bog‘liq murojaat fuqarolar talabi asosida joyiga chiqib o‘rganildi. O‘rganish jarayonida noqonuniy egallab olingan yer maydonida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan mutaxassislar tomonidan huquqiy izoh va tavsiyalar berildi. Mas’ullar tomonidan ushbu mahalla hududi 2026-yil noyabr oyida reja asosida xatlovdan o‘tkazilishi, mazkur obyektni xatlov reyestriga taklif sifatida kiritish bo‘yicha tegishli ishlar olib borilishi ma’lum qilindi.

📇 Qabul jarayonida 10 nafardan ortiq fuqarolarning murojaatlari tinglanib, ularning muammolarini hal etish yuzasidan mas’ullarga tegishli vazifalar belgilandi.

🔼 Xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashi kotibiyati hamda Davlat kadastrlari palatasi Uchtepa tumani filiali tomonidan fuqarolar qabullari izchil davom ettirilmoqda. Navbatdagi qabul 14-may kuni soat 15:00 da Uchtepa tumanidagi “Zarafshon” mahalla fuqarolar yig‘ini binosida bo‘lib o‘tadi.

Slide 1 of 6