#Doimiy_komissiya_faoliyati
Agrar, qurilish, kommunal sohalar, ekologiya, sanoat va transport masalalari bo‘yicha doimiy komissiya raisi B. Shakarov tomonidan tumanda yer osti suvlari sathini o‘lchovchi qurilmalar holati o‘rganildi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, tumanda jami 103 ta shunday datchiklar mavjud bo‘lib, ular yer osti suvlari sathini onlayn tartibda uzluksiz monitoring qilish imkonini beradi. Ushbu qurilmalar orqali olingan ma’lumotlar real vaqt rejimida uzatilib, meliorativ holatni tahlil qilish va yer resurslaridan samarali foydalanishni ta’minlashga xizmat qiladi.
Shuningdek, mazkur tizim to‘liq raqamlashtirilgan bo‘lib, suv resurslarini boshqarish va yerlarning meliorativ holatini yaxshilashda muhim ahamiyat kasb etmoqda.
🔰Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
Telegram (https://t.me/Payariqkengashkotibiyati) | Veb-Sayt| (https://kengash.gov.uz/news?region_id=7&authority_id=377) Facebook (https://www.facebook.com/share/1CUpgvKLYL/)|instagram (https://www.instagram.com/xalq_deputatlari_kengash/)