Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
14-may kuni Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi deputatlarining faoliyatiga oid yangiliklar bilan tanishasiz.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi deputati N.Ochilova tomonidan hududda amalga oshirilayotgan 310 xonadonli qurilish ishlari joyiga chiqqan holda o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi o‘rinbosari Sh.Mirzaqulov tomonidan Payariq “Elit kommunal” MChJ boshqaruv servis kompaniyasi faoliyati o‘rganildi.
янв.21
#Yoshlar_maslahat_guruhi
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi deputati S.Kasimova tomonidan Boshqo‘rg‘on mahallasida yoshlar yetakchisi faoliyati, yoshlar bilan ishlash samaradorligi hamda ularning bandligini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar joyiga chiqqan holda o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi deputati M.Musurmanov hamda tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi N. Jazilovlar tomonidan Guliston mahallasida aholi iste’moli uchun zarur bo‘lgan asosiy oziq-ovqat mahsulotlarining narx-navosi hamda ularning yetarliligi holati o‘rganildi.
янв.21
Maxkamov Sobir Tuxtamishovichning deputatlik so‘roviga “Samarqand suv ta‘minoti ” AJ Payariq tumani filiali boshlig‘i J.Abdullayevdan javob olindi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi deputati S.Kasimova tomonidan Boshqo‘rg‘on mahallasida xotin-qizlar faoli faoliyati hamda mahallada xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi deputati N.Ochilova tomonidan Go‘zal mahallasining Uyg‘in ko‘chasida hudud infratuzilmasi, ichki yo‘llarning holati hamda sanitariya-tozalik ishlari o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati mudiri J.Axunovning kunlik ish rejasiga asosan 10-Darvishiq saylov okrugi deputati A.Maxammatov bilan birgalikda o‘rganish ishlari olib borildi.
Elektron tijorat to‘g‘risidagi Qonun — zamonaviy savdoning huquqiy asosi

Elektron tijorat to‘g‘risidagi Qonun — zamonaviy savdoning huquqiy asosi

2022-yil 21-iyunda Qonunchilik palatasi tomonidan qabul qilinib, 13-sentabrda Senat tomonidan ma’qullangan ushbu Qonun elektron savdo sohasini tartibga solishda muhim ahamiyatga ega.

🫥 Qonunning asosiy maqsadi — elektron tijorat orqali amalga oshiriladigan savdo munosabatlarini huquqiy jihatdan tartibga solish.

🔹 Elektron shartnomalar yuridik kuchga ega

🔹 Xaridor va sotuvchi huquqlari himoya qilinadi

🔹 Elektron to‘lovlar xavfsizligi ta’minlanadi

🔹Axborot xavfsizligi va shaffoflik kafolatlanadi

💠 Qonunga muvofiq, elektron savdo jarayonlari — shartnoma tuzish, to‘lovlar, yetkazib berish va hatto qaytarish masalalarigacha aniq tartibga solingan.

💠 Shuningdek, davlat tomonidan sohani rivojlantirish, tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash va zamonaviy infratuzilmani shakllantirishga alohida e’tibor qaratilgan.

🫥 Xulosa: mazkur Qonun internet orqali savdoni yanada ishonchli, xavfsiz va qulay qilishga xizmat qiladi.