#Kotibiyat_mudiri_faoliyati
#24_ta_masala
Uchrashuv davomida kelib tushgan murojaat yuzasidan tuman Kengashi kotibiyati mudiri J.Axunov tomonidan 28-sonli umumta’lim maktabida o‘rganish ishlari olib borildi.
📖Boshcho'rosh mahallasida tashkil etilgan deputat va saylovchilar uchrashuvida kelib tushgan fuqarolar murojaatiga asosan maktabning isitish tizimi holatini joyiga chiqib ko‘zdan kechirish orqali mavjud muammolar tahlil qilindi.
⭐️Shuningdek, ta’lim muassasasida olib borilayotgan obodonlashtirish ishlari hamda o‘quvchilarga yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishildi.
📚O‘rganish yakunida isitish tizimini yaxshilash hamda boshqa masalalar yuzasidan tegishli tashkilotlarga deputatlik so‘rovi chiqarish bo‘yicha kelishib olindi.
🔰Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
Telegram (https://t.me/Payariqkengashkotibiyati) | Veb-Sayt| (https://kengash.gov.uz/news?region_id=7&authority_id=377) Facebook (https://www.facebook.com/share/1CUpgvKLYL/)|instagram (https://www.instagram.com/xalq_deputatlari_kengash/)