Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi raisi A. Tavboyev hamda Adliya vazirligi huzuridagi “Madad” nodavlat notijorat tashkiloti rahbari O‘. Egamberdiyev bilan hamkorlikda Ko‘paki mahallasida istiqomat qiluvchi fuqarolar xonadonlariga borib, aholining yashash sharoitlari atroflicha o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi raisi A. Tavboyev hamda Adliya vazirligi huzuridagi “Madad” nodavlat notijorat tashkiloti rahbari O‘. Egamberdiyev bilan hamkorlikda Ko‘paki mahallasida joylashgan poliklinika faoliyati o‘rganildi.
янв.21
Agrar, qurilish, kommunal sohalar, ekologiya, sanoat va transport masalalari bo‘yicha doimiy komissiya raisi B. Shakarov tomonidan To‘polos mahallasida 2026-yil davomida davlat dasturi asosida amalga oshiriladigan zovur va kollektorlarni tozalash hamda qayta tashkil etish ishlari amalga oshirilishi rejalashtirilgan hududlar o‘rganildi.
янв.21
Payariq tumani "Guliston", "A.Yassaviy", "Boshqo'rg'on", "Beshqo'rg'on", "Bunyodkor" va Birlashuv mahallalarida istiqomat qiluvchi yana 23 nafar shaxslarning O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalari hamda ularda qurilgan binolar va inshoatlarga bo‘lgan huquqlari e'tirof etildi.
янв.21
Agrar, qurilish, kommunal sohalar, ekologiya, sanoat va transport masalalari bo‘yicha doimiy komissiya raisi B. Shakarov tomonidan Navbaxor mahallasida Zarbdor tajribasi asosida tashkil etilgan loyiha o'rganildi.
янв.21
Agrar, qurilish, kommunal sohalar, ekologiya, sanoat va transport masalalari bo‘yicha doimiy komissiya raisi B. Shakarov tomonidan tumanda yer osti suvlari sathini o‘lchovchi qurilmalar holati o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati mudiri J. Axunovning kunlik ish rejasiga muvofiq, Agrar, qurilish, kommunal sohalar, ekologiya, sanoat va transport masalalari bo‘yicha doimiy komissiya raisi B. Shakarov bilan birgalikda Payariq tumanidagi “Qalandar” kollektorini yopiq drenaj tarmog‘iga aylantirish loyihasi o‘rganildi.
янв.21
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 27-dekabrdagi PQ-393-sonli qarori asosida Payariq tumanida irrigatsiya tizimlarini modernizatsiya qilish va meliorativ holatni yaxshilash bo‘yicha belgilangan vazifalar ijrosi o'rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati mudiri J.Axunovning kunlik ish rejasiga asosan Agrar, qurilish, kommunal sohalar, ekologiya, sanoat va transport masalalari bo‘yicha doimiy komissiya raisi B. Shakarov bilan birgalikda Ilg‘or mahallasida joylashgan 75-umumta’lim maktabida amalga oshirilayotgan qurilish va rekonstruksiya ishlari holati o‘rganildi.
янв.21
Agrar, qurilish, komunal sohalar, ekologiya, sanoat va transport masalalari bo'yicha doimiy komissiya raisi B.Shakarov tomonidan Polvonariq mahallasining yo'llari holati o'rganildi.
SANITARIYA-GIGIYENA TALABLARIGA RIOYA ETILISHI O‘RGANILDI

Xalq deputatlari Toshloq tuman Kengashi raisi T.Soliyev va soha mutaxassislari ishtirokida maktabgacha ta’lim muassasalarida “Aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni ijrosi yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.

O‘rganishda muassasada sanitariya-gigiyena talablariga rioya etilishi, oshxona va oziq-ovqat mahsulotlarining saqlanish holati, tibbiy xizmat ko‘rsatish sifati hamda xodimlarning sanitariya qoidalariga amal qilishi alohida e’tibor markazida bo‘ldi.

Shuningdek, bolalarga yaratilgan sharoitlar, jumladan, guruh xonalarining jihozlanishi, tozalik darajasi, o‘yin maydonchalari hamda tarbiyaviy jarayonning tashkil etilishi ham atroflicha ko‘zdan kechirildi.

Uchrashuv yakunida muassasada sog‘lom va xavfsiz muhitni ta’minlash borasidagi ishlarni yanada kuchaytirish lozimligi qayd etildi.

Slide 1 of 6