Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashi deputatining saylovchilar bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuv davomida “Adolat” SDP partiyasidan saylangan Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashi deputati D.Otabayeva tomonidan amalga oshirilgan ishlar, hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish borasidagi rejalar hamda dolzarb masalalar muhokama qilindi. Fuqarolar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilib, mavjud muammolar yuzasidan takliflarini bildirdilar.
Ochiq va samimiy muloqot ruhida o‘tgan uchrashuv yakunida bir qator murojaatlar nazoratga olinib, ularni hal etish bo‘yicha tegishli chora-tadbirlar belgilandi.
Bunday uchrashuvlar aholi bilan muloqotni mustahkamlash, ularning muammolarini joyida o‘rganish va samarali yechimlar topishda muhim ahamiyat kasb etadi.