#Kengash_raisi_faoliyati
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi raisi A. Tavboyev tumandagi 34-, 36- va 55-umumta’lim maktablarida bo‘lib, mazkur ta’lim muassasalarida yaratilgan shart-sharoitlar, o‘quv jarayonini tashkil etish holati hamda hududlarda olib borilayotgan obodonlashtirish ishlari bilan yaqindan tanishdi.
Shuningdek, tashrif davomida sinf xonalari, laboratoriyalar, sport zallari va oshxonalar holati ko‘zdan kechirilib, ularning mavjud talablarga muvofiqligi o‘rganildi. Maktab hududlarini obodonlashtirish, ko‘kalamzorlashtirish va sanitariya holatini yaxshilash borasida amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.
Shu bilan birga, ta’lim sifatini yanada oshirish, o‘quvchilarga munosib shart-sharoitlar yaratish yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiyalar berildi.
🔰Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
Telegram (https://t.me/Payariqkengashkotibiyati) | Veb-Sayt| (https://kengash.gov.uz/news?region_id=7&authority_id=377) Facebook (https://www.facebook.com/share/1CUpgvKLYL/)|instagram (https://www.instagram.com/xalq_deputatlari_kengash/)