Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi qoshidagi Yoshlar maslahat guruhi a’zosi Sh.Mamayusupov tadbir davomida so‘zga chiqib, kitobxonlikni keng targ‘ib etish, yoshlar o‘rtasida mutolaa madaniyatini yuksaltirish hamda ularning intellektual salohiyatini oshirish borasida ma’ruza qildi.
янв.21
Yettinchi chaqiriq Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining navbatdagi yigirma beshinchi sessiyasini chaqirish to‘g‘risida farmoyish qabul qilindi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati F.Shakarov tomonidan fuqarolar murojaatlari o‘rganildi.
янв.21
✔️“Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi binosida Xalq deputatlari tuman Kengashining doimiy komissiyasi raisi M.Nurmanova va tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi N.Jazilovlar tomonidan o'rganish olib borildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi deputati F.Shakarov tomonidan hududda nogironligi mavjud shaxslarga davlat tomonidan berilayotgan imtiyoz va yengilliklarning amalda to‘g‘ri qo‘llanilishi holatini o‘rganish maqsadida joyiga chiqib o‘rganish ishlari olib borildi.
янв.21
Deputat so‘rovlariga o‘z vaqtida javob berish holatlari va Kengash ish rejasining bajarilishi muhokama qilindi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati B.Shakarov tomonidan G‘allakor mahallasida o‘rganish ishlari olib borildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi deputatlari faoliyatida qonunchilikni chuqur o‘rganish va amaliyotda samarali qo‘llash maqsadida eng muhim normativ-huquqiy hujjatlar deputatlar o‘rtasida taqsimlab berildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi raisi A. Tavboyev tumandagi 34-, 36- va 55-umumta’lim maktablarida bo‘lib, mazkur ta’lim muassasalarida yaratilgan shart-sharoitlar, o‘quv jarayonini tashkil etish holati hamda hududlarda olib borilayotgan obodonlashtirish ishlari bilan yaqindan tanishdi.
янв.21
XALQ DEPUTATLARI PAYARIQ TUMANI KENGASHINING 13-17-APREL KUNLARIGA MO'LJALLANGAN REJA-GRAFIGI
Qonun ijrosi — deputatlik nazoratida

📌 Qonun ijrosi — deputatlik nazoratida

🏛 Xalq deputatlari tuman Kengashining 19-Ibn Sino saylov okrugi deputati M.Turopova hamda O‘zbekiston XDP tuman Kengashi raisi N.Ro‘ziyeva tomonidan “Madaniy faoliyat va madaniyat tashkilotlari to‘g‘risida”gi O‘RQ-668-sonli Qonun ijrosini ta’minlash yuzasidan hududda keng qamrovli o‘rganish ishlari amalga oshirildi.

🔍 O‘rganishlar davomida madaniyat muassasalarining faoliyati, jumladan, aholiga ko‘rsatilayotgan madaniy xizmatlar sifati, to‘garak va seksiyalar faoliyati, moddiy-texnik baza holati, kadrlar salohiyati hamda qonun talablarining amalda bajarilishi atroflicha tahlil qilindi.

📊 Shuningdek, madaniyat tashkilotlarida qonun hujjatlariga rioya etish, aholining, ayniqsa yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, milliy va umuminsoniy qadriyatlarni targ‘ib qilish borasida amalga oshirilayotgan ishlarga alohida e’tibor qaratildi.

Slide 1 of 1