#24_ta_masala
#Deputat_faoliyati
Deputat N.Ochilova saylovchilar bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining 6-“Farovon” saylov okrugidan saylangan deputati N.Ochilova tomonidan “Mustaqillik” mahallasida saylovchilar bilan ochiq muloqot tarzida uchrashuv tashkil etildi.
Uchrashuvning asosiy maqsadi deputatning amalga oshirayotgan faoliyati yuzasidan saylovchilarga batafsil axborot berish, hududda olib borilayotgan ishlar bilan tanishtirish hamda aholi muammolarini o‘rganishdan iborat bo‘ldi.
Deputat tomonidan o‘tgan davr mobaynida amalga oshirilgan ishlar, xususan, aholi bandligini ta’minlash, tadbirkorlikni rivojlantirish, ijtimoiy infratuzilmani yaxshilash borasida olib borilgan sa’y-harakatlar haqida ma’lumot berildi. Shuningdek, saylovchilar tomonidan bildirilgan murojaatlar, taklif va muammolar tinglanib, ularni hal etish yuzasidan tegishli choralar ko‘rilishi ta’kidlandi.
🔰Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
Telegram (https://t.me/Payariqkengashkotibiyati) | Veb-Sayt| (https://kengash.gov.uz/news?region_id=7&authority_id=377) Facebook (https://www.facebook.com/share/1CUpgvKLYL/)|instagram (https://www.instagram.com/xalq_deputatlari_kengash/)