Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi qoshidagi Yoshlar maslahat guruhi a’zosi Sh.Mamayusupov tadbir davomida so‘zga chiqib, kitobxonlikni keng targ‘ib etish, yoshlar o‘rtasida mutolaa madaniyatini yuksaltirish hamda ularning intellektual salohiyatini oshirish borasida ma’ruza qildi.
янв.21
Yettinchi chaqiriq Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining navbatdagi yigirma beshinchi sessiyasini chaqirish to‘g‘risida farmoyish qabul qilindi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati F.Shakarov tomonidan fuqarolar murojaatlari o‘rganildi.
янв.21
✔️“Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi binosida Xalq deputatlari tuman Kengashining doimiy komissiyasi raisi M.Nurmanova va tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi N.Jazilovlar tomonidan o'rganish olib borildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi deputati F.Shakarov tomonidan hududda nogironligi mavjud shaxslarga davlat tomonidan berilayotgan imtiyoz va yengilliklarning amalda to‘g‘ri qo‘llanilishi holatini o‘rganish maqsadida joyiga chiqib o‘rganish ishlari olib borildi.
янв.21
Deputat so‘rovlariga o‘z vaqtida javob berish holatlari va Kengash ish rejasining bajarilishi muhokama qilindi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati B.Shakarov tomonidan G‘allakor mahallasida o‘rganish ishlari olib borildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi deputatlari faoliyatida qonunchilikni chuqur o‘rganish va amaliyotda samarali qo‘llash maqsadida eng muhim normativ-huquqiy hujjatlar deputatlar o‘rtasida taqsimlab berildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi raisi A. Tavboyev tumandagi 34-, 36- va 55-umumta’lim maktablarida bo‘lib, mazkur ta’lim muassasalarida yaratilgan shart-sharoitlar, o‘quv jarayonini tashkil etish holati hamda hududlarda olib borilayotgan obodonlashtirish ishlari bilan yaqindan tanishdi.
янв.21
XALQ DEPUTATLARI PAYARIQ TUMANI KENGASHINING 13-17-APREL KUNLARIGA MO'LJALLANGAN REJA-GRAFIGI
Deputat nazorati

 Sport infratuzilmasi– yoshlar kamoloti garovi 

 9-Qiziloy saylov okrugi deputati Muminova Nafisa Qiziloy mahallasi hududida
joylashgan 40-sonli umumta’lim maktabida bo‘lib, aholi va bolalar uchun yaratilgan
sport infratuzilmasi holatini o‘rgandi.
 

 O‘rganish jarayonida mahallalardagi sport inshootlari, umumta’lim maktabining
sport zallari hamda ulardagi sport anjomlarining mavjudligi va texnik holati ko‘zdan
kechirildi. Bu borada yoshlarning jismoniy tarbiyasi va ommaviy sportni rivojlantirishga
qaratilgan ishlarga alohida e’tibor qaratildi.
 

 Xususan, 40-sonli maktabda hozirgi kunda sport zalida ta’mirlash ishlari
olib borilayotgani, yaqin vaqt ichida o‘quvchilar uchun zamonaviy va qulay sport
zali foydalanishga topshirilishi aniqlandi.
 

 Mazkur o‘rganishlar O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni
hamda yoshlar o‘rtasida jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirishga qaratilgan
davlat siyosati talablariga muvofiq amalga oshirilmokda.
  

Slide 1 of 2