Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi deputati Nurmanova Moxichexra Norboyevna tomonidan Ernazarqo‘rg‘on mahallasida O‘zbekiston Respublikasining “Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari to‘g‘risida”gi Qonuni (O‘RQ-364) ijrosi yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi deputati Z.Turdiyev tomonidan hududdagi mahallalarda “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi.
янв.21
Xalq deputatalari Payariq tumani Kengashi deputati tomonidan "Samarqand suv ta'minot" AJ tuman filiali boshlig'i J.Abdullayevga deputatlik so'rovi yuborildi.
янв.21
Aniqlangan muammo yuzasidan J.Axunov tomonidan tuman hokimi o'rinbosari U.Quvatovga deputatlik so'rovi yuborildi.
янв.21
📊Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi tomonidan navbatdagi sessiya kun tartibiga kiritlgan masala yuzasidan nazorat tahlil tadbiri o'tkazildi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi raisi A.Tavboyev tomonidan tumandagi 8-sonli umumta’lim maktabida o‘rganish ishlari olib borildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining tegishli doimiy komissiyasi raisi o‘rinbosari Sh.Mirzakulov tomonidan tumanda sog‘liqni saqlash sohasini rivojlantirishga qaratilgan davlat dasturlarining ijrosi yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.
янв.21
Payariq tumanida kanal-kollektor va ariq-zovurlarni tozalash tadbirlari uchun mablag' ajratilishi belgilandi.
янв.21
Deputat tomonidan davlat xizmatlari faoliyati tahlil qilindi.
янв.21
Maxammatov Alisher Namazovichning so‘roviga Payariq tumani Elektr tarmoqlari korxonasi boshlig‘i Ulug‘murodov Bekmurod Ismoilovichdan javob olindi.
Oqbilol MFYda dolzarb muammolar o‘rganildi — aholi manfaati e’tibor markazida

 Oqbilol
MFYda dolzarb muammolar o‘rganildi — aholi manfaati e’tibor markazida
 

  

🔹
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-406-sonli qarori hamda Senat Kengashining
QQ-35-V-sonli qarorlari ijrosini ta’minlash maqsadida 15-Oqbilol saylov okrugi deputati
Axrorbek Erkaboev tomonidan hududda atroflicha o‘rganish ishlari amalga oshirildi. 

🔹
O‘rganish jarayonida aholini qiynayotgan qator jiddiy va kechiktirib bo‘lmaydigan
muammolar aniqlandi. Xususan, Sado ko‘chasida elektr ta’minotidagi uzilishlar aholi
turmushiga salbiy ta’sir ko‘rsatayotgani, mavjud quvvat yetarli emasligi sababli
qo‘shimcha transformator o‘rnatish zarurati mavjudligi qayd etildi. 

🔹 Eng dolzarb masalalardan biri
sifatida 56-sonli umumta’lim maktabining ahvoli o‘rganildi. Ma’lum bo‘lishicha,
ta’lim muassasasining moddiy-texnik bazasi yillar davomida yetarlicha yangilanmagan.
Eskirgan eshik va derazalar sinf xonalarini sovuq va changdan himoya qilmaydi, pollar
esa talabga javob bermaydi. Namlik va zax sharoiti o‘quv jarayoniga jiddiy ta’sir
ko‘rsatmoqda. 

🔹 Shu bilan birga, maktab binosining
tom qismi, devorlari, sport zal va o‘quv jihozlari ham achinarli holatda ekani,
ayrim xonalar esa ta’lim olish uchun deyarli yaroqsiz ahvolga kelib qolgani aniqlandi.
Bu holat o‘quvchilar salomatligi va ta’lim sifatiga bevosita tahdid solmoqda. 🔹 Aniqlangan muammolarni zudlik bilan bartaraf etish, aholi va yoshlar
uchun munosib shart-sharoit yaratish maqsadida mas’ul tashkilotlarga “deputatlik
so‘rovi” yuborishga kelishib
 

Slide 1 of 7