Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Aniqlangan muammo yuzasidan J.Axunov tomonidan tuman hokimi o'rinbosari U.Quvatovga deputatlik so'rovi yuborildi.
янв.21
📊Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi tomonidan navbatdagi sessiya kun tartibiga kiritlgan masala yuzasidan nazorat tahlil tadbiri o'tkazildi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi raisi A.Tavboyev tomonidan tumandagi 8-sonli umumta’lim maktabida o‘rganish ishlari olib borildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining tegishli doimiy komissiyasi raisi o‘rinbosari Sh.Mirzakulov tomonidan tumanda sog‘liqni saqlash sohasini rivojlantirishga qaratilgan davlat dasturlarining ijrosi yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.
янв.21
Payariq tumanida kanal-kollektor va ariq-zovurlarni tozalash tadbirlari uchun mablag' ajratilishi belgilandi.
янв.21
Deputat tomonidan davlat xizmatlari faoliyati tahlil qilindi.
янв.21
Maxammatov Alisher Namazovichning so‘roviga Payariq tumani Elektr tarmoqlari korxonasi boshlig‘i Ulug‘murodov Bekmurod Ismoilovichdan javob olindi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining 24–27-mart kunlariga mo‘ljallangan haftalik ish rejasi ishlab chiqildi.
янв.21
Deputat so'rovi natijasida aholining ichimlik suvi bilan bog'liq muammosiga ijobiy yechim topildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi deputati Shakarov Baxrulla Ulashevich Ko‘lto‘sin mahallasida barpo etilgan yangi mahalla binosi bilan yaqindan tanishdi.
Tibbiyot tizimida moddiy-texnika ta’minoti tahlil qilindi

Tibbiyot tizimida moddiy-texnika ta’minoti tahlil qilindi

🫠Xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari hamda Kengash huzuridagi ekspert guruhi a’zolaridan tuzilgan ishchi guruh tomonidan o‘rganish ishlari izchil davom ettirildi.

⏺Ishchi guruhning 2-guruh a’zolari tomonidan tuman tibbiyot muassasalarining moddiy-texnik bazasi va infratuzilmasi atroflicha o‘rganildi. Jumladan, tibbiy uskunalarning texnik holati, MRT, UTT va rentgen apparatlarining sozligi, ushbu uskunalardan foydalanish jarayonida yuzaga kelayotgan muammolar, ayrim holatlarda “nosoz” deb ko‘rsatilib, bemorlarni xususiy klinikalarga yo‘naltirish kabi holatlar tahlil qilindi.

⏺O‘rganishlar davomida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, mavjud infratuzilmani yaxshilash hamda aholiga sifatli va shaffof tibbiy xizmat ko‘rsatishni ta’minlash yuzasidan tegishli tavsiyalar ishlab chiqilishi belgilandi.

Qiziriq tumani Kengashi Axborot xizmati 

Rasmiy sahifalarimiz👇

Telegram (https://t.me/+h07HeUv_IP44MmUy) | Facebook (https://www.facebook.com/?ref=homescreenpwa) | E-kengash (https://kengash.gov.uz/qiziriq) |Instagram (https://www.instagram.com/xalqdep_qiziriqtumani_kengashi?utm_source=qr&igsh=MjJ2OG4xOTh0dHY3)

Slide 1 of 4