Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Payariq tumanida kanal-kollektor va ariq-zovurlarni tozalash tadbirlari uchun mablag' ajratilishi belgilandi.
янв.21
Deputat tomonidan davlat xizmatlari faoliyati tahlil qilindi.
янв.21
Maxammatov Alisher Namazovichning so‘roviga Payariq tumani Elektr tarmoqlari korxonasi boshlig‘i Ulug‘murodov Bekmurod Ismoilovichdan javob olindi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining 24–27-mart kunlariga mo‘ljallangan haftalik ish rejasi ishlab chiqildi.
янв.21
Deputat so'rovi natijasida aholining ichimlik suvi bilan bog'liq muammosiga ijobiy yechim topildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi deputati Shakarov Baxrulla Ulashevich Ko‘lto‘sin mahallasida barpo etilgan yangi mahalla binosi bilan yaqindan tanishdi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi raisi A. Tavboyev tomonidan tuman madaniyat bo‘limi boshlig‘i S.Qodirovning faoliyati yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.
янв.21
Kengash raisi boshchiligidagi jamoatchilik fikri asosida tadbirlarni shakllantirish, baholash, tanlab olish hamda ijrosini monitoring qilish bo‘yicha ishchi komissiya tarkibi yangidan tasdiqlandi
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi deputati M.Musurmanov Birlashuv mahallasida mahalla raisi hamda hokim yordamchisining faoliyatini o‘rgandi va tahlil qildi.
янв.21
6-Farovon saylov okrugida joylashgan amfiteatrga muxlislar uchun yangi o'rindiqlar o'rnatilishi belgilandi.
Marg‘ilonda yo‘l harakati xavfsizligi: amalga oshirilgan ishlar va natijalar muhokama qilindi

Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashining Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishga doimiy komissiya raisi X.Abdurahmonov raislik qildi. Unda kotibiyat mudiri A.Ermatov ham ishtirok etdi.

Yig‘ilish davomida Marg‘ilon shahar IIB YHXB tomonidan 2025 yil davomida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan hisobot tinglandi. Hisobotda yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash, yo‘l-transport hodisalarining oldini olish va fuqarolar hayotini muhofaza qilish borasida amalga oshirilgan keng ko‘lamli chora-tadbirlar alohida ta’kidlandi.

Ma’lum qilinishicha, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 4 apreldagi PQ-190-son qarori hamda Hukumat tomonidan tasdiqlangan “Yo‘l xaritasi” asosida shaharda tizimli ishlar olib borilgan. Jumladan, yil davomida 28 ta yangi yo‘l belgisi o‘rnatildi, 308 ta yaroqsiz yo‘l belgisi yangisiga almashtirildi. Maktablar oldida 30 ta tezlikni cheklovchi belgilar o‘rnatildi.

Shuningdek, 2 ta yangi transport svetofori qurildi, 5 ta transport va 2 ta piyodalar svetofori rekonstruksiya qilindi. Piyodalar xavfsizligini ta’minlash maqsadida sun’iy notekisliklar o‘rnatilib, 3556 kvadrat metr maydonda yo‘l chiziqlari chizildi.

Yo‘l harakati madaniyatini oshirish borasida ham keng qamrovli targ‘ibot ishlari amalga oshirildi. Xususan, 29 ta sinfxonada amaliy mashg‘ulotlar yo‘lga qo‘yildi, YTH eng ko‘p sodir bo‘ladigan 14 ta hududda targ‘ibot vositalari o‘rnatildi. “Diqqat, yo‘lovchi!”, “Diqqat, bolalar!” kabi profilaktik tadbirlar 21 marotaba o‘tkazildi. Bundan tashqari, 6 marotaba turli ko‘rik-tanlovlar tashkil etildi hamda 25 ta ijtimoiy rolik tayyorlanib, telekanallar orqali namoyish etildi. Aholi gavjum joylarda 128 marotaba profilaktik suhbatlar o‘tkazildi.

Texnologik nazoratni kuchaytirish maqsadida 10 ta chorrahaga jami 34 ta videokamera o‘rnatish rejalashtirilib, ushbu ishlar to‘liq ta’minlandi. Shuningdek, “Xavfsiz shahar” tizimi doirasida yana 2 ta zamonaviy qoidabuzarliklarni aniqlovchi qurilmalar ishga tushirildi.

Amalga oshirilgan ishlar natijasida 2025 yil davomida yo‘l-transport hodisalari 19,3 foizga kamayib, 114 tadan 92 taga tushdi. Biroq o‘lim bilan bog‘liq yo‘l-transport hodisalari 28,6 foizga oshgani qayd etildi (7 tadan 9 taga).

Tahlillarga ko‘ra, sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisalarining asosiy qismini piyodalarni urib yuborish (48 ta), transport vositalari to‘qnashuvi (26 ta), velosipedchilar bilan bog‘liq hodisalar (14 ta), ag‘darilish (3 ta) va turgan transport vositasiga urilish (1 ta) tashkil etadi.

Yig‘ilish yakunida deputatlar tomonidan piyodalar ishtirokidagi hodisalarning oldini olish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlarni kuchaytirish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 5