Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Payariq tumanida kanal-kollektor va ariq-zovurlarni tozalash tadbirlari uchun mablag' ajratilishi belgilandi.
янв.21
Deputat tomonidan davlat xizmatlari faoliyati tahlil qilindi.
янв.21
Maxammatov Alisher Namazovichning so‘roviga Payariq tumani Elektr tarmoqlari korxonasi boshlig‘i Ulug‘murodov Bekmurod Ismoilovichdan javob olindi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining 24–27-mart kunlariga mo‘ljallangan haftalik ish rejasi ishlab chiqildi.
янв.21
Deputat so'rovi natijasida aholining ichimlik suvi bilan bog'liq muammosiga ijobiy yechim topildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi deputati Shakarov Baxrulla Ulashevich Ko‘lto‘sin mahallasida barpo etilgan yangi mahalla binosi bilan yaqindan tanishdi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi raisi A. Tavboyev tomonidan tuman madaniyat bo‘limi boshlig‘i S.Qodirovning faoliyati yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.
янв.21
Kengash raisi boshchiligidagi jamoatchilik fikri asosida tadbirlarni shakllantirish, baholash, tanlab olish hamda ijrosini monitoring qilish bo‘yicha ishchi komissiya tarkibi yangidan tasdiqlandi
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi deputati M.Musurmanov Birlashuv mahallasida mahalla raisi hamda hokim yordamchisining faoliyatini o‘rgandi va tahlil qildi.
янв.21
6-Farovon saylov okrugida joylashgan amfiteatrga muxlislar uchun yangi o'rindiqlar o'rnatilishi belgilandi.
Xalq deputatlari Guliston shahar Kengashining qarori ijrosini ta’minlash maqsadida shahar hokimligining Investitsiyalar, sanoat va tashqi savdo bo‘limi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan nazorat tadbiri natijalari bo‘yicha

 Xalq deputatlari Guliston shahar Kengashining qarori ijrosini ta’minlash maqsadida shahar hokimligining Investitsiyalar, sanoat
va tashqi savdo bo‘limi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan nazorat tadbiri natijalari bo‘yicha Guliston shahrida yirik investitsiya loyihalari ijrosi holati Guliston shahrida xorijiy investitsiyalarni jalb etish va yangi ish o‘rinlarini yaratish borasida belgilangan
istiqbolli loyihalar doirasida quyidagi korxonalar faoliyati o‘rganildi: 

1. Sanoat va ishlab chiqarish sohasi: "New fly techno" (Bahor MFY): Qop ishlab chiqarish loyihasi bo‘yicha investitsiyalar
o‘zlashtirilib, zamonaviy texnologik liniyalarni ishga tushirish ishlari yakunlanmoqda. 

  • "Asrton lift" (Namuna MFY): Lift ishlab chiqarish korxonasi tashkil etildi. Loyiha hududda yuqori texnologik mahsulotlar tayyorlashni mahalliylashtirishga qaratilgan. 
  • "Baraka teks": Yengil sanoat yo‘nalishida to‘qimachilik mahsulotlari ishlab chiqarish quvvatlarini kengaytirish va eksport
    salohiyatini oshirish choralari ko‘rilmoqda. 2. Qurilish va servis sohasi:  
  • "Axmadbek qurilish trio" (Namuna MFY): Investitsiya majburiyatlari doirasida qurilish ishlari jadal olib borilmoqda. 
  • Ko‘p qavatli turar-joy va savdo kompleksi (Bog‘ishamol
    MFY): Aholi uchun zamonaviy turar-joy va savdo xizmatlarini ko‘rsatish maqsadida
    yirik kompleks tashkil etilmoqda. Nazorat tadbiri xulosasi: O‘tkazilgan nazorat tadbiri shuni ko‘rsatdiki, Kengash qarorida belgilangan
    vazifalar ijrosi bo‘lim tomonidan tizimli yo‘lga qo‘yilgan. Loyihalar uchun xorijiy
    va mahalliy investitsiyalar o‘z vaqtida qabul qilinib, ishlab chiqarish quvvatlarini
    bosqichma-bosqich ishga tushirish ta’minlanmoqda. Ko‘rilgan choralar natijasida: Yangi ishlab chiqarish turlari o‘zlashtirildi (lift, chipslar); Manzilli
    ravishda (Bahor, Namuna, Bog‘ishamol MFY) ishsiz aholi bandligini ta’minlashga
    zamin yaratildi.  
Slide 1 of 1