Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Aniqlangan muammo yuzasidan J.Axunov tomonidan tuman hokimi o'rinbosari U.Quvatovga deputatlik so'rovi yuborildi.
янв.21
📊Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi tomonidan navbatdagi sessiya kun tartibiga kiritlgan masala yuzasidan nazorat tahlil tadbiri o'tkazildi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi raisi A.Tavboyev tomonidan tumandagi 8-sonli umumta’lim maktabida o‘rganish ishlari olib borildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining tegishli doimiy komissiyasi raisi o‘rinbosari Sh.Mirzakulov tomonidan tumanda sog‘liqni saqlash sohasini rivojlantirishga qaratilgan davlat dasturlarining ijrosi yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.
янв.21
Payariq tumanida kanal-kollektor va ariq-zovurlarni tozalash tadbirlari uchun mablag' ajratilishi belgilandi.
янв.21
Deputat tomonidan davlat xizmatlari faoliyati tahlil qilindi.
янв.21
Maxammatov Alisher Namazovichning so‘roviga Payariq tumani Elektr tarmoqlari korxonasi boshlig‘i Ulug‘murodov Bekmurod Ismoilovichdan javob olindi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining 24–27-mart kunlariga mo‘ljallangan haftalik ish rejasi ishlab chiqildi.
янв.21
Deputat so'rovi natijasida aholining ichimlik suvi bilan bog'liq muammosiga ijobiy yechim topildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi deputati Shakarov Baxrulla Ulashevich Ko‘lto‘sin mahallasida barpo etilgan yangi mahalla binosi bilan yaqindan tanishdi.
Deputat mahallada

 Tozalik va ekologik madaniyat — deputatlar nazoratida 

Mahallalarda chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqib ketish tizimi qanday
ishlayapti? Bu savolga javob topish maqsadida 13-Chimqo‘rg‘on saylov okrugi
deputati M.Usmonova va Kengash kotibiyat xodimi G.Hudoyqulova navbatdagi
o‘rganishni o‘tkazdilar.
 

Chimqo‘rg‘on MFY raisi bilan bo‘lib o‘tgan suhbatda asosiy e’tibor quyidagi
masalalarga qaratildi:
 

Grafikka rioya etilishi: Maxsus chiqindi tashish texnikalarining
belgilangan vaqtda kelishi va aholi xonadonlaridan chiqindilarni olib chiqib
ketish holati tahlil qilindi.
Muammolar
tahlili: Aholi tomonidan kelib tushgan e’tirozlar va texnik sabablar tufayli
yuzaga kelayotgan kechikishlar muhokama etildi. Ekologik holat: Mahalla
hududida noqonuniy chiqindixonalar paydo bo‘lishining oldini olish va
sanitariya holatini yaxshilash bo‘yicha mahalla raisiga tavsiyalar berildi.