Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Tuman Kengashining mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar bo'yicha doimiy komissiyasi raisi A.Maxammatov tomonidan qurilish ishlari o'rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi deputati N.Ochilova tomonidan Go‘zal mahallasida yuzaga kelgan suv quvuridagi nosozlik tezkor ravishda nazoratga olinib, ta’mirlash ishlari tashkil etildi.
янв.21
Doimiy Komissiya raisi M.Nurmanova tomonidan tumandagi 2-sonli Chelak poliklinikasida O‘zbekiston Respublikasining “Fuqarolar sog‘lig‘ini saqlash to‘g‘risida”gi Qonuni hamda O‘zbekiston Respublikasining “Dori vositalari va farmatsevtika faoliyati to‘g‘risida”gi Qonuni talablari asosida amalga oshirilayotgan ishlar va fuqarolarga ko'rsatilayotgan tibbiy xizmat sifati o'rganildi.
янв.21
Bugun Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi kotibiyati mudiri J. Axunov hamda 3-Paxtakor saylov okrugidan saylangan deputat M. Musurmonovlar tomonidan Birlashuv mahallasidagi ichimlik suvi muammosi joyiga chiqib o‘rganildi.
янв.21
Payariq tumanida joylashgan “Ok-oltin” (Dexkonobod), “Mirishkor” (Paxtakor) hamda, “Turkiston” nasos stansiyalarini xorijiy investitsiya mablag‘lari hisobidan modernizatsiya qilish ishlarini amalga oshirish takliflari tasdiqlandi (https://kengash.gov.uz/doc/253722).
янв.21
Payariq tumanida 2026-yilda ko‘p kvartirali uylarning tutash hududlarini obodonlashtirish bo‘yicha manzilli dastur loyihasi tasdiqlandi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi deputati Kasimova Saodat Shirinbayevna Toxirshayx mahallasida xotin-qizlar faoli tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi bilan yaqindan tanishdi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi raisi A.Tavboyev tomonidan tumanda kambag'allikni qisqartirish va aholi bandligini ta'minlash yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar o'rganildi.
янв.21
Bugungi matbuot anjumanimiz xalq deputatlari tuman Kengashi deputati Kazakova Muhabbat Kaxarovna bilan bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi deputatlari S.Maxkamov hamda O‘. Omonov tomonidan tumanda elektr ta’minoti xizmatlari bilan bog‘liq masalalar hamda ushbu yo‘nalishda korrupsiyaga sabab bo‘lishi mumkin bo‘lgan holatlar atroflicha o‘rganildi.
“Xavfsiz va ravon yo‘l” umummilliy dasturi ijrosi bo‘yicha ishlar o‘rganildi

🔷Xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashining 2026-yilga mo‘ljallangan ish rejasiga muvofiq Kengash raisi O.Babayev, doimiy komissiya raisi M.Mirabdullayev, deputat E.Shokirov va kotibiyat xodimi N.Kurganova tomonlaridan tumanda tuman Obodonlashtirish boshqarmasi mas’ullari ishtirokida tumanning “Xo‘jakent”, “Fazogir” mahallalarida “Xavfsiz va ravon yo‘l” umummilliy dasturi ijrosi bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.

🔷O‘rganish davomida IIB Yo‘l harakati xavfsizligi bo‘limi va Turizm politsiyasi xodimlari tomonidan transport vositalari harakatini tartibga solish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar, piyodalar xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha ko‘rilayotgan choralar, yo‘llarda tirbandlik va qoidabuzarliklarni oldini olish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar ko‘zdan kechirildi.

🔷Sohaga oid mavjud kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha Ichki ishlar organi xodimlarining takliflari tinglandi.

Slide 1 of 7