Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Tuman Kengashining mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar bo'yicha doimiy komissiyasi raisi A.Maxammatov tomonidan qurilish ishlari o'rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi deputati N.Ochilova tomonidan Go‘zal mahallasida yuzaga kelgan suv quvuridagi nosozlik tezkor ravishda nazoratga olinib, ta’mirlash ishlari tashkil etildi.
янв.21
Doimiy Komissiya raisi M.Nurmanova tomonidan tumandagi 2-sonli Chelak poliklinikasida O‘zbekiston Respublikasining “Fuqarolar sog‘lig‘ini saqlash to‘g‘risida”gi Qonuni hamda O‘zbekiston Respublikasining “Dori vositalari va farmatsevtika faoliyati to‘g‘risida”gi Qonuni talablari asosida amalga oshirilayotgan ishlar va fuqarolarga ko'rsatilayotgan tibbiy xizmat sifati o'rganildi.
янв.21
Bugun Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi kotibiyati mudiri J. Axunov hamda 3-Paxtakor saylov okrugidan saylangan deputat M. Musurmonovlar tomonidan Birlashuv mahallasidagi ichimlik suvi muammosi joyiga chiqib o‘rganildi.
янв.21
Payariq tumanida joylashgan “Ok-oltin” (Dexkonobod), “Mirishkor” (Paxtakor) hamda, “Turkiston” nasos stansiyalarini xorijiy investitsiya mablag‘lari hisobidan modernizatsiya qilish ishlarini amalga oshirish takliflari tasdiqlandi (https://kengash.gov.uz/doc/253722).
янв.21
Payariq tumanida 2026-yilda ko‘p kvartirali uylarning tutash hududlarini obodonlashtirish bo‘yicha manzilli dastur loyihasi tasdiqlandi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi deputati Kasimova Saodat Shirinbayevna Toxirshayx mahallasida xotin-qizlar faoli tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi bilan yaqindan tanishdi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi raisi A.Tavboyev tomonidan tumanda kambag'allikni qisqartirish va aholi bandligini ta'minlash yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar o'rganildi.
янв.21
Bugungi matbuot anjumanimiz xalq deputatlari tuman Kengashi deputati Kazakova Muhabbat Kaxarovna bilan bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi deputatlari S.Maxkamov hamda O‘. Omonov tomonidan tumanda elektr ta’minoti xizmatlari bilan bog‘liq masalalar hamda ushbu yo‘nalishda korrupsiyaga sabab bo‘lishi mumkin bo‘lgan holatlar atroflicha o‘rganildi.
Ochiq muloqotda murojaatlar tinglandi

 🔹Fuqaro Abdurazzaqov Adhamjon murojaatida hududning ayrim joylarida elektr tarmoqlarini tortish ishlari to‘liq bajarilmagani, MFY idorasi QVP binosida joylashgani, aholi soni 4900 nafarga yetganligi sababli idora uchun alohida bino zarurligi, Katta Qo‘shtepa qishlog‘i markazida tuman sport maktabi tasarrufidagi sport maydoni qurilishi o‘ttiz yildan buyon bitmyotganligi xususida fikrlarini bildirdi. Mehnat faxriysi Madraximov Sharifjon ota hududdagi ichki yo‘llarning bir kilometr qismiga asfalt yotqizilmagani, Qo‘qon-Farg‘ona yo‘liga tutash Boboshbek qishlog‘iga chiqadigan yo‘l yaroqsiz holatda ekani, “Toza hudud” tashkiloti chiqindilarni olib chiqib ketish xizmatini ko‘rsatmay turib aholiga qarzdorlik hisoblanayotgani yuzasidan murojaat qilgan. Jumaboyev Halimjon murojaatida: bolalar bog‘chasi va maktabga boriladiga markaziy yo‘lda xavfsizlik qoidalarini ta’minlash uchun avtotransport vositlari tezligini cheklaydigan kameralar o‘rnatish zarurligi aytiladi. 

🔹Deputat aholi vakillari murojaatlari bo‘yicha o‘rganishlar olib bormoqda.  

Slide 1 of 1