Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
8-mart — Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan bayram tadbiri o'tkazildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi deputati N.Ochilova ham ishtirok etdi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati Omonov O‘ktam To‘raqulovich yoshlar bilan ochiq muloqot tarzida uchrashuv o‘tkazdi.
янв.21
Navbatdagi yigirma uchinchi sessiya chaqirilmoqda
янв.21
#Deputat_nazorati
янв.21
Ayni damda tuman Xalq qabulxonasi binosida Payariq tumani hokimi, tuman Kengashi deputati Sh.Xudayberdiyev boshchiligida navbatdagi sayyor qabul o‘tkazilmoqda.
янв.21
#DEPUTATLIK_SOROVIGA (https://t.me/Payariqkengashkotibiyati/12342) JAVOBI
янв.21
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 25-noyabrdagi “Kambag‘allikdan farovonlik sari” dasturini amalga oshirishga faol nuroniylarni jalb etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-405-sonli qarorining ijrosini ta'minlash yuzasidan
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining 2026-yil uchun mo‘ljallangan ish rejasining 2026-yil 2-6-mart kunlari ijrosi bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida ma'lumot
янв.21
Yoshlar bilan qonun targ‘iboti bo‘yicha uchrashuv o‘tkazildi
E’TIBOR VA E’ZOZDAGI AYOLLAR

Bugun Xalq deputatlari Parkent tuman Kengashi tashabbusi bilan 8-mart — Xalqaro xotin-qizlar bayrami munosabati bilan tuman Kengashida faoliyat yuritayotgan ayol deputatlar bayram bilan samimiy tabriklandi. Bayram tadbirida Xalq deputatlari Parkent tumani Kengashiga 23-Nomdanak saylov okrugidan saylangan deputat, tuman hokimi Elmurod Po‘latov, Kengash raisi Faxritdin Dadamatov, tuman prokurori J.Xayitboyev,
tuman DSI boshlig‘i A.Maxamatov hamda tuman Kengashi deputatlari ishtirok etdi.
Tadbir davomida ayol deputatlarning jamiyat hayotidagi faolligi, hududlarni rivojlantirish hamda aholi muammolarini hal etishdagi
o‘rni alohida e’tirof etildi. Bayram munosabati bilan ularga samimiy tilaklar bildirilib, esdalik sovg‘alari topshirildi.
Shuningdek, yig‘ilganlar tomonidan ayollarning jamiyatdagi o‘rni va nufuzi yuksak ekanligi, ularning fidokorona mehnati hamisha e’tibor va e’zozga loyiq ekani alohida ta’kidlandi. 

Slide 1 of 6