#Deputat_nazorati
#Deputat_faoliyati
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi tomonidan tuman “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazida o‘rganish ishlari yuzasidan yig‘ilishi o‘tkazildi. Unda markaz rahbari o‘rinbosari M. Mamatov ishtirok etdi.
Yig‘ilish davomida “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi tomonidan aholiga ko‘rsatilayotgan ijtimoiy xizmatlar, ehtiyojmand fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar hamda markaz faoliyatining samaradorligi muhokama qilindi.
Shuningdek, deputatlar tomonidan markaz faoliyatini yanada takomillashtirish, aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini oshirish yuzasidan taklif va tavsiyalar bildirildi.
🔰Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
Telegram (https://t.me/Payariqkengashkotibiyati) | Veb-Sayt| (https://kengash.gov.uz/news?region_id=7&authority_id=377)