Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Navbatdagi yigirma uchinchi sessiya chaqirilmoqda
янв.21
#Deputat_nazorati
янв.21
#DEPUTATLIK_SOROVIGA (https://t.me/Payariqkengashkotibiyati/12342) JAVOBI
янв.21
Ayni damda tuman Xalq qabulxonasi binosida Payariq tumani hokimi, tuman Kengashi deputati Sh.Xudayberdiyev boshchiligida navbatdagi sayyor qabul o‘tkazilmoqda.
янв.21
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 25-noyabrdagi “Kambag‘allikdan farovonlik sari” dasturini amalga oshirishga faol nuroniylarni jalb etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-405-sonli qarorining ijrosini ta'minlash yuzasidan
янв.21
Yoshlar bilan qonun targ‘iboti bo‘yicha uchrashuv o‘tkazildi
янв.21
#Doimiy_komissiya_faoliyati
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi tomonidan tuman Kadastr agentligi bo‘limi tomonidan 2025-yil davomida aniqlangan yer qonunbuzilish holatlari yerlardan oqlona foydalanish yuzasidan doimiy komissiya yig‘ilishi o‘tkazildi.
янв.21
Ayni paytda Payariq tumanidagi 17-son Bolalar musiqa va san'at maktabida, tuman hokimi, tuman Kengashi deputati Sh.Xudayberdiyev
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi deputati Turdiyev Zoyir Axmatkulovich tomonidan “Oʻzbekiston – 2030” strategiyasining yangilangan mazmun-mohiyati haqida tushuntirish ishlari olib borilmoqda.
Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi

Tuman Kengashi deputati Asqarali Odilovning navbatdagi saylovchilar bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Muloqot ochiq savol-javob tarzida tashkil etilib, aholi tomonidan bildirilgan taklif va murojaatlar atroflicha muhokama qilindi.

📃Uchrashuv davomida saylovchilar tomonidan bir qator dolzarb muammolar ko‘tarildi. Xususan:

Boyovut tumani istirohat bog‘ini obodonlashtirish hamda hududni xavfsiz maskanga aylantirish (yoritish tizimini yangilash, kuzatuv kameralari o‘rnatish, bolalar maydonchalarini ta’mirlash);

“Sohil” mahallasi aholisini ichimlik suvi bilan ta’minlash, mavjud tarmoqlarni yangilash va qo‘shimcha quduq qazish masalasi;

“Beruniy” mahallasi hududida joylashgan sobiq ixtisoslashtirilgan maktab binosini ta’mirlash, binodan samarali foydalanish va yoshlar uchun qo‘shimcha ta’lim to‘garaklarini yo‘lga qo‘yish.

Ko‘tarilgan masalalar yuzasidan tegishli tashkilotlarga deputat so‘rovi yuborilishi hamda muammolarni amaldagi tartib asosida bosqichma-bosqich bartaraf etish bo‘yicha tegishli choralar ko‘rilishi kelishib olindi.

Shuningdek, deputat tomonidan saylovchilar bilan uchrashuv davomida aholiga O‘zbekiston Respublikasining “Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida”gi Qonuni (O‘RQ-419) mazmun-mohiyati tushuntirildi.

Mazkur qonun yoshlarga oid davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlarini belgilab beradi hamda yoshlarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan muhim huquqiy hujjat hisoblanadi.

Slide 1 of 4