🏛 Mahalladagi muammolar – amalda nazoratda!
Samarqand shahar hokimi va deputat sifatida F.Umarov Nafosat mahallasida bo‘lib, hududdagi dolzarb masalalarni joyida o‘rgandi.
Tashrif davomida:
✅ Qo‘shimcha mahalla markazi binosini qurish masalasi
✅ Ichki yo‘llar holatini yaxshilash
✅ Tungi yoritish tizimini modernizatsiya qilish
✅ Piyodalar yo‘laklari va
obodonlashtirish ishlari atroflicha ko‘zdan kechirildi.
🗣Samarqand Shahar hokimi aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish hamda rejalashtirilgan loyihalarni sifatli va qisqa muddatlarda amalga oshirish bo‘yicha mas’ullarga aniq topshiriqlar berdi.
🤝 Aholi bilan ochiq muloqot qilinib, fuqarolarning taklif va murojaatlari tinglandi, ularni qiynayotgan masalalar yuzasidan tegishli mutasaddilarga vazifalar yuklatildi.
📊 Har bir yo‘nalish bo‘yicha aniq muddat va mas’ullar belgilandi. Ishlar bosqichma-bosqich nazoratga olinib, ijrosi yuzasidan muntazam monitoring olib borilishi ta’kidlandi.
Hududni yanada obod qilish, infratuzilmani mustahkamlash hamda aholi uchun qulay yashash muhitini yaratish–ustuvor vazifa ekani qayd etildi.
✨ Amalga oshirilayotgan bunday tizimli va manzilli ishlar Samarqand shahrining har bir mahallasida ijobiy o‘zgarishlar bo‘lishiga xizmat qiladi.