Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining 2026-yil 17-fevraldagi VII-22-20-7-100-K/26 (https://kengash.gov.uz/doc/243140) "Payariq tumanida “Yangi O‘zbekiston qiyofasidagi mahalla”lar hamda “og‘ir” mahallalarni rivojlantirish Dasturlari doirasida 2026-yilda amalga oshiriladigan ishlar to‘g‘risida"gi qarori qabul qilindi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining 2026-yil 17-fevraldagi VII-22-19-7-100-K/26-sonli (https://kengash.gov.uz/doc/243138) "Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-fevraldagi PQ-49-sonli qarorining Payariq tumanidagi ijrosi to‘g‘risida"gi qarori qabul qilindi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi deputati N.Ochilova Guzal mahallasida mahalla inspektori bilan hamkorlikda “Oʻzbekiston Respublikasining “Kiberxavfsizlik toʻgʻrisida”gi Qonuni” yuzasidan tushuntirish ishlarini olib bordi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi raisi tomonidan deputatlar bilan birgalikda olib borilayotgan ishlar yuzasidan muhokama yig‘ilishi o‘tkazildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining 2-Dehqonobod saylov okrugidan saylangan deputati S.Maxkamov navbatdagi hisobot uchrashuvini o‘tkazdi.
янв.21
Bugun tuman hokimi Sh. Xudayberdiyev tegishli soha mas’ullari bilan tumandagi hududlarda belgilangan marshrut asosida joylarga chiqib, o‘rganish ishlarini olib bordi.
янв.21
Xalq deputati B. Shakarov Kultusin mahallasida xatlov masalasini o‘rgandi
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi deputati O'.Omonov “Oqtosh” mahalla fuqarolar yig‘ini binosida olib borilayotgan ichki ta’mirlash ishlari jarayoni bilan yaqindan tanishdi.
янв.21
2026-yil 23-fevral kuni “Payariq hayoti” gazetasining 5-(4917)-soni chop etildi. Unda Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi faoliyatiga oid bir qator muhim materiallar e’lon qilindi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi raisi.A. Tavboyev
Deputat fuqarolar xonadonlarida: murojaatlar joyida o‘rganildi

Xalq deputatlari Pastdarg‘om tuman Kengashi deputati A.Abdumuratov fuqarolar murojaatlari yuzasidan aholi xonadonlarida bo‘lib, mavjud masalalarni joyiga chiqqan holda o‘rgandi. 

Uchrashuvlar davomida ijtimoiy yordam, bandlik, kommunal xizmatlar, infratuzilma va boshqa dolzarb muammolar yuzasidan fikr-mulohazalar tinglandi.

Har bir murojaat alohida qayd etilib, tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda amaliy choralar ko‘rish belgilandi. Ayrim masalalar joyida hal etildi, qo‘shimcha o‘rganishni talab qiladigan murojaatlar esa nazoratga olindi.

Fuqarolar bilan bevosita muloqot qilish, muammolarni joyida ko‘rish va tezkor yechim topish – deputatlik faoliyatining muhim yo‘nalishlaridan biridir. Bu kabi uchrashuvlar aholi ishonchini mustahkamlash va hududda mavjud muammolarni tizimli hal etishga xizmat qiladi.

Slide 1 of 1