Mazkur yoʻl taʼmirtalab ahvolda boʻlganligi sababli aholi qatnoviga bir qator qiyinchiliklar tugʻdirib kelayotgandi. Bugungi kunda ushbu yoʻlning asfaltlashtirilganligiga fuqarolarning quvonchi cheksiz. Mazkur jarayon bilan tanishish maqsadida tuman Kengashi deputati D.Hayitova mahallada boʻlib, olib borilayotgan ishlarga faol qatnashgan holda, ushbu jarayonni deputatlik nazoratiga oldi. Mamlakatimizda har sohada jadal kechayotgan islohotlar barchamizning hayotimizga sermazmun oʻzgarishlarni olib kelmoqda. Bu kabi amaliy ishlar fuqarolarda Vatan ravnaqi uchun koʻtarinkilik, oʻzgacha ishonch va hamjihatlik tuygʻularni shakllanishiga xizmat qilmoqda.