Quva tumani Bohor mahallasida aholi bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
Quva tumani
Bohor mahalla fuqarolar yig‘inida xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari O.Oripova,
O.Tillaeva, D.Sodiqova ishtirokida “mahalla yettiligi” hamda faollari bilan uchrashuv
o‘tkazildi.
Uchrashuvdan
asosiy maqsad mamlakatimizda, shuningdek, tumanda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy
islohotlar va inson qadrini ulug‘lashga qaratilgan ishlar haqida aholini xabardor
qilish, shuningdek, mahalla muammolarini o‘rganish, murojaatlarni tinglash hamda
ularga amaliy yechim topish orqali xalq bilan davlat idoralari o‘rtasidagi muloqotni
yanada kuchaytirishdan iborat bo‘ldi.
Uchrashuv ochiq
va samimiy ruhda o‘tdi. Tadbir yakunida deputatlar tinglovchilar tomonidan bildirilgan
taklif va fikr-mulohazalarni umumlashtirib, berilgan savollarga atroflicha javoblar
berdi.