Saylovchilar fikri – ustuvor vazifalar asosi.
Joriy yilning 21-fevral kuni Nuroniylar markazida Namangan tumani hokimi, 1-"Toshbuloq" saylov okrugidan saylangan deputat Mo'minov Sadritdin Zokirovichning saylovchilar bilan uchrashuvi bo'lib o'tdi. Uchrashuvda mutasaddi tashkilot rahbarlari ishtirokida "Katta Toshbuloq", hamda "Kichik Toshbuloq" mahallalaridagi aholi bilan sayyor qabul o‘tkazildi. Qabul davomida fuqarolar tomonidan 35 tadan ortiq murojaatlar bildirilgan bo‘lib, ularning aksariyati ijtimoiy-iqtisodiy masalalarga taalluqli bo‘ldi.
Xususan, yo‘llarni ta’mirlash, ichimlik suvi, elektr ta’minotini yaxshilash, ijtimoiy yordam hamda bandlik masalalari yuzasidan murojaatlar tinglandi. Hokim tomonidan mas’ullarga har bir murojaatni o‘rganib, belgilangan muddatlarda hal etish bo‘yicha topshiriqlar berildi. Sayyor qabullar aholi muammolarini joyida hal etish va fuqarolar bilan ochiq muloqotni mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Xalq deputatlari Namangan tumani Kengashi matbuot xizmati