Xalq deputatlari tuman Kengashining 15-Navoiy okrugi deputati Q.Abduqodirov, tuman nuroniylar Kengashi raisi B.Egamberdiyev hamda tuman hokimining o‘rinbosari D.Mavlanova, shuningdek Bog‘bon MFY raisi S.To‘ymurodovalar ishtirokida hududda aholini qiynab kelayotgan dolzarb muammolar o‘rganildi.
O‘rganishlar davomida Bog‘bon MFYdagi Bog‘chilar, Mevazor, Yangiavlod, Quruvchilar hamda Ziyolilar ko‘chalarining ta’mirtalab holatda ekanligi aniqlandi. Mazkur ko‘chalarda yog‘ingarchilik mavsumida yuzaga kelayotgan muammo va kamchiliklar joyiga chiqib ko‘zdan kechirildi.
Aholi murojaatlari asosida muammolarning kelib chiqish sabablari tahlil qilinib, ularni bartaraf etish bo‘yicha aniq chora-tadbirlar belgilab olindi.
Mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikda yo‘l infratuzilmasini yaxshilash va aholi uchun qulay sharoit yaratish ustuvor vazifa etib belgilandi.