Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashi deputati,O‘zbekiston XDP guruhi a'zosi Sh. Gayliev Markaziy MFY da joylashgan 6-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida bo‘lib, ta’lim jarayonlari va ta’mirlash ishlari bilan yaqindan tanishdi.
Tashrif davomida pedagoglar tomonidan ta’lim samaradorligini oshirish, o‘quv muhitini yanada yaxshilashga doir bildirilgan taklif va tashabbuslar tinglanib, ularni amaliyotga tatbiq etish masalalari muhokama qilindi.
Uchrashuv yakunida mas’ullar tomonidan bildirilgan takliflarni bosqichma-bosqich hal etish, yoshlar ta’lim-tarbiyasini yanada qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha tegishli vazifalar belgilab olindi.