Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiya raisi M. Nurmanova tomonidan Turkibola mahallasida sayyor qabul o‘tkazildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi deputati N.Parmanova maktab xodimlarining murojaati asosida Payariq tumanidagi 11-sonli umumta’lim maktabiga bordi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi raisi tomonidan tuman Kengashi deputatlari faoliyati samaradorligini oshirish bo'yicha o'quv seminari o'tkazildi.
янв.21
Bahor” mahallasida tuman Kengashi deputati N. Parmanova tomonidan fuqarolar bilan uchrashuv o‘tkazildi. Uchrashuvda deputat tomonidan amalga oshirilgan ishlar haqida ma’lumot berildi hamda aholining murojaatlari joyida tinglandi.
янв.21
Tumanda 2025-yil davomida aholi murojaatlari va muammolari bilan ishlash holati yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Payariq tumanidagi Xalq qabulxonasi yetakchi mutaxassisi J.To‘ynazarovning axboroti eshitildi.
янв.21
Tuman Kengashi doimiy komissiyasi tomonidan korrupsiyaga qarshi kurashish bo'yicha o‘tkazilgan o‘rganish natijalari yuzasidan axborot berildi.
янв.21
Tuman Kengashi sessiyasida tuman adliya bo‘limi boshlig‘i vazifasini bajaruvchi Fayzullayev Mirkomil Zafarovichning axborotlari muhokama qilindi.
янв.21
2025-2026-yillarda kuz-qish mavsumini betalofat o‘tkazish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida tuman hokimi o‘rinbosari Quvatov Ulug‘bek Rustamovichning hisoboti sessiya ishida muhokama qilindi.
янв.21
Sessiyada tumanda 2025-yil davomida qonuniylikni mustahkamlash, jinoyatchilikka va huquqbuzarlikka qarshi kurashni tashkil etish, fuqarolarning huquq va manfaatlarini himoya qilish yuzasidan amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida tuman prokurori Valiyev Asror Xamzayevichning axboroti muhokama qilindi.
янв.21
⚡️Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining navbatdagi yigirma birinchi sessiyasi o‘z ishini boshladi.
Deputat — xalq dardi bilan yashayotgan vakil

Bugun mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar xalq manfaatlariga xizmat qilayotgani bilan ahamiyatlidir. Ayniqsa, mahalliy davlat hokimiyati tizimida vakillik va ijro hokimiyatini aniq ajratish, deputatlarning joylardagi roli va mas’uliyatini oshirish yo‘lida tashlangan qadamlar xalq hokimiyatini shakllantirishda muhim o‘rin tutmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2025-yil 14-yanvarda qabul qilingan KQ-35-sonli qarori mahalliy Kengash deputatlarining faoliyatini yangi bosqichga olib chiqdi. Ushbu hujjat deputatlarni xalq bilan yanada yaqinlashtirib, ularni aholi muammolarini joyida o‘rganib, amaliy yechimlar taklif etayotgan haqiqiy vakil sifatida namoyon etmoqda.

Xususan, Toyloq tumani Kengashi deputatlari mazkur qaror ijrosi doirasida mahallalarda bo‘lib, aholi murojaatlarini atroflicha o‘rgandilar. E’tiborli jihati shundaki, deputatlar faqat muammolarni sanab o‘tish bilan cheklanib qolmasdan, ularni hal etish bo‘yicha aniq va manzilli takliflar ishlab chiqdilar. Natijada 10 nafar deputat tomonidan ko‘tarilgan dolzarb masalalar yechimi uchun amaliy choralar belgilandi.

Deputatlar tashabbusi tuman hokimi Behzod Raxmatullayev tomonidan qo‘llab-quvvatlanib, jami 400 million so‘m mablag‘ ajratilishi belgilandi. Har bir deputatga 25 million so‘mdan ajratilgan ushbu mablag‘lar mahallalarda elektr energiyasi ta’minotini yaxshilashga yo‘naltirilishi — deputatlik faoliyatining aniq natijasi sifatida e’tirof etishga arziydi.

Quvonarli tomoni, bu tajriba kelgusi choraklarda ham davom ettirilib, aholi murojaatlari asosida bosqichma-bosqich amalga oshirilishi rejalashtirilgan. Ajratilayotgan mablag‘lar hududlarni obodonlashtirish, ijtimoiy infratuzilmani yaxshilash va eng muhimi, odamlarning kundalik hayotidagi muammolarni bartaraf etishga xizmat qiladi.

Bugun deputat — faqat sessiyalarda qatnashuvchi shaxs emas, balki xalq dardini tinglaydigan, uning yechimi uchun mas’uliyatni zimmasiga oladigan haqiqiy vakilga aylanmoqda. Bu esa xalq vakillariga bo‘lgan ishonchning mustahkamlanib borayotganini, deputatlik institutining obro‘-e’tibori oshib borayotganini yaqqol ko‘rsatadi.

Shubhasiz, bunday amaliy tashabbuslar joylarda xalq bilan muloqotni yanada kuchaytiradi va “Xalq davlat idoralariga emas, davlat idoralari xalqqa xizmat qilishi kerak” degan tamoyilning hayotda o‘z ifodasini topayotganining yorqin namunasi bo‘lib xizmat qiladi.

Nasiba Mo‘minova,

O‘ZLIDEP viloyat Kengashi bo‘lim mudiri, Toyloq tuman Kengashi deputati.