Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Tumanda 2025-yil davomida aholi murojaatlari va muammolari bilan ishlash holati yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Payariq tumanidagi Xalq qabulxonasi yetakchi mutaxassisi J.To‘ynazarovning axboroti eshitildi.
янв.21
Tuman Kengashi doimiy komissiyasi tomonidan korrupsiyaga qarshi kurashish bo'yicha o‘tkazilgan o‘rganish natijalari yuzasidan axborot berildi.
янв.21
Tuman Kengashi sessiyasida tuman adliya bo‘limi boshlig‘i vazifasini bajaruvchi Fayzullayev Mirkomil Zafarovichning axborotlari muhokama qilindi.
янв.21
2025-2026-yillarda kuz-qish mavsumini betalofat o‘tkazish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida tuman hokimi o‘rinbosari Quvatov Ulug‘bek Rustamovichning hisoboti sessiya ishida muhokama qilindi.
янв.21
Sessiyada tumanda 2025-yil davomida qonuniylikni mustahkamlash, jinoyatchilikka va huquqbuzarlikka qarshi kurashni tashkil etish, fuqarolarning huquq va manfaatlarini himoya qilish yuzasidan amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida tuman prokurori Valiyev Asror Xamzayevichning axboroti muhokama qilindi.
янв.21
⚡️Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining navbatdagi yigirma birinchi sessiyasi o‘z ishini boshladi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiya raisi M. Nurmanova Qumchuq mahallasida poliklinikasi faoliyati bilan tanishdi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tuman Kengashining Korrupsiyaga qarshi kurashish, davlat organlarida ochiqlikni ta’minlash va huquqiy masalalar bo‘yicha doimiy komissiyasi tomonidan Payariq tuman prokuraturasining 2025-yildagi faoliyati yuzasidan yig‘ilish o‘tkazildi.
янв.21
Deputat O‘.Omonov ishtirokida amalga oshirilgan ishlar hamda kelgusidagi rejalar yuzasidan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi deputati X.Xudoyberdiyeva Tomoyrot mahallasida joylashgan 71-umumta’lim maktabida bo‘lib, ta’lim muassasasining isitish tizimi holatini ko'zdan kechirdi.
🎓 Samarqand davlat iqtisodiyot va servis institutida “Umummilliy talabalar so‘rovnomasi” faol davom etmoqda!

🎓 Samarqand davlat iqtisodiyot va servis institutida “Umummilliy talabalar so‘rovnomasi” faol davom etmoqda!

🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Ta’lim sifatini ta’minlash milliy agentligi tomonidan tashkil etilgan ushbu so‘rovnoma oliy ta’lim muassasalarida ta’lim sifati holatini chuqur o‘rganish, mavjud muammolarni aniqlash hamda ularni bartaraf etishga qaratilgan.

📚 So‘rovnoma orqali talabalar tomonidan ta’lim jarayonlari, o‘quv mashg‘ulotlari sifati, professor-o‘qituvchilar faoliyati, moddiy-texnik baza, zamonaviy infratuzilma hamda yaratilgan sharoitlar yuzasidan fikr-mulohazalar bildirildi.

👤 So‘rovnoma jarayonida Xalq deputatlari Samarqand shahar Kengashi deputati O.Pardayev ishtirok etdi. 

So‘rovnoma natijalari bilan kelgusida:

✨ ta’lim jarayonlarini yanada takomillashtirish,

✨ talabalar uchun yaratilayotgan sharoitlarni yaxshilash,

✨ ta’lim sifatini oshirish,

✨ ta’lim jarayoniga zamonaviy yondashuv va innovatsion texnologiyalarni joriy etish,

✨ talaba-yoshlarning fikr va takliflarini amaliyotga tatbiq etishga xizmat qilishini ta’kidladi.

📌 Talabalar fikri — ta’lim sifatini oshirishda muhim omil bo‘lib xizmat qiladi.

📌 Har bir fikr kelajak ta’limi uchun muhim!

Slide 1 of 1