Prezidentimizning Oliy Majlisga va O‘zbekiston xalqiga Murojaatnomasida aholi farovonligi va jamiyat yuksalishi yo‘lida iqtisodiyot, taʼlim, madaniyat, sog‘liqni saqlash, sud-huquq tizimi, qolaversa, barcha sohalarda joriy yilda amalga oshirilishi shart bo‘lgan muhim vazifalar belgilab berilgani bilan alohida ahamiyat kasb etmoqda.
O‘zMTDP faoli, xalq deputatlari Karmana tumani Kengashi deputati Zamira Xodjayeva tomonidan tumandagi “Katta machit” mahalla fuqarolar yig‘ini hamda tuman hududidagi umumiy o‘rta taʼlim maktablarida Prezidentimiz Murojaatnomasi mazmun-mohiyatiga bag‘ishlangan davra suhbatlari tashkil etildi.
Tadbirlar davomida deputat va ishtirokchilar Prezidentimizning Oliy Majlisga va O‘zbekiston xalqiga Murojaatnomasi har bir soha vakili uchun dasturilamal vazifasini bajarishini alohida taʼkidladilar.