O‘zbekiston Ekologik partiyasi Karmana tuman partiya tashkilotida partiyaning viloyat Kengashi raisi o‘rinbosari, Xalq deputatlari Karmana tumani Kengashi deputati A.Jo‘raev boshchiligida tuman partiya tashkilotining Kengash a’zolari, partiya faollari va keng jamoatchilik vakillari ishtirokida yig‘ilish o‘tkazildi.Yig‘ilishda dastlab, A.Jo‘raev tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlis va O‘zbekiston xalqiga yo‘llagan Murojaatnomasida belgilab berilgan ustuvor vazifalar haqida atroflicha ma’lumotlar berildi. Shuningdek, 2026-yil yurtimizda “Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish yili” deb e’lon qilingani munosabati bilan Karmana tuman partiya tashkiloti tomonidan mahallalarda ekologik targ‘ibot ishlarini yanada kuchaytirish, atrof-muhitga mas’uliyatli munosabatni shakllantirishda mahalla bilan doimiy va tizimli hamkorlikni yo‘lga qo‘yish zarurligi haqida fikr almashdilar.