Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi raisi A.Tavboyev
янв.21
“O‘zbekiston – 2030” strategiyasini takomillashtirishning mazmun-mohiyati va uning amaliy ahamiyati yuzasidan muhokama yig'ilishi o'tkazildi
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi deputati F.Dexkonova
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiya raisi M. Nurmanova
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi deputati X.Raxmonova
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati F. Shakarov tomonidan aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish tadbirining mazmun-mohiyati yuzasidan fuqarolar bilan uchrashuv o‘tkazildi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati L.Djamolova
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi deputati Zoyir Turdiyev
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi Reglament va deputatlik odob-axloqi masalalari bo'yich doimiy komissiya raisi DJamalova
янв.21
Agrar, qurilish, komunal sohalar, ekologiya, sanoat va transport masalalari bo'yich doimiy komissiya raisi B.Shakarov
Deputat saylovchilar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi

Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi deputati Ismailov Xursand Baltabayevich tomonidan saylovchilar bilan navbatdagi uchrashuv tashkil etildi. Uchrashuv mehnat jamoasi ishtirokida o‘tkazilib, unda asosan xotin-qizlar, mahalla faollari hamda jamoatchilik vakillari qatnashdi.

Uchrashuv davomida deputat tomonidan aholini qiynayotgan ijtimoiy masalalar, xususan, mehnat sharoitlari, ijtimoiy himoya, bandlik, sog‘liqni saqlash hamda kundalik turmush bilan bog‘liq muammolar muhokama qilindi. Saylovchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilib, mavjud muammolar bo‘yicha taklif va mulohazalarini bildirdilar.

Ismailov Xursand Baltabayevich har bir murojaatni diqqat bilan tinglab, qonun doirasida hal etish, tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda amaliy choralar ko‘rish yuzasidan tushunchalar berdi. Shuningdek, ayrim masalalar shaxsiy nazoratga olinishi ta’kidlandi.

Uchrashuv ochiq va samimiy ruhda o‘tib, saylovchilar deputat bilan bevosita muloqot qilish imkoniyatiga ega bo‘ldilar. Tadbir yakunida aholi bunday uchrashuvlar joylardagi muammolarni hal etishda muhim ahamiyat kasb etishini ta’kidlab, minnatdorlik bildirdilar.

Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi bosh mutaxassisi U.Ruzmetov