Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati B. Shakarov
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi deputati M. Nurmanova
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashining navbatdagi 20-sessiyasi muhokamasiga kiritilgan masala yuzasidan tuman Kengashining ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo'yicha doimiy komissiyasi yig'ilishi bo'lib o'tdi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi deputati X.Raxmonova.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati N. Ochilova tomonidan aholi bilan o‘tkazilgan uchrashuvlarda 2026-yilgi aholini ro‘yxatga olishning mazmun-mohiyati, uning ahamiyati hamda o‘tkazilish tartibi yuzasidan batafsil ma’lumotlar taqdim etildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi deputati Zoyir Turdiyev Axmatkulovich.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati M. Musurmonov tuman maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limiga qarashli 54-maktabda bo‘lib, muassasaning issiqlik ta’minoti tizimini to‘liq ko‘zdan kechirdi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi deputati M. Kazakova Mirzo Ulug‘bek mahallasida nizoli oilalar, ajrim xavfi ostida bo‘lgan oilalar hamda profilaktik hisobda turgan xotin-qizlar bilan uchrashuv o‘tkazdi.
янв.21
Mahallani obod qilish yo'lida!
янв.21
Deputat tomonidan aholi murojaatlari tinglandi va nazoratga olindi.
Xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashi deputati J. Hafizov saylovchilar bilan uchrashuv o‘tkazdi

Xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashi deputati J. Hafizov saylovchilar bilan uchrashuv o‘tkazdi

Xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashi deputati J. Hafizov Navoiy shahar Xonchorbog‘ mahalla fuqarolar yig‘inida saylovchilar bilan uchrashuv o‘tkazdi. Uchrashuv ochiq va samimiy muloqot ruhida tashkil etildi.

Uchrashuv davomida deputat J. Hafizov saylovchilar oldida 2025 yil davomida amalga oshirgan ishlari yuzasidan axborot berdi. Xususan, mahallada ijtimoiy-iqtisodiy masalalarni hal etish, aholi murojaatlarini o‘rganish va ularga amaliy yechim topish borasida olib borilgan ishlarga alohida to‘xtalib o‘tdi.

Shundan so‘ng fuqarolarni qiziqtirgan masalalar muhokama qilindi. Uchrashuv davomida aholi tomonidan kommunal xizmatlar sifati, obodonlashtirish ishlari, yoshlar va xotin-qizlar bandligi, ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash masalalari bo‘yicha savollar berildi. Deputat mazkur savollarga atroflicha javob berib, ayrim masalalarni hal etish yuzasidan tegishli tashkilotlarga murojaat qilishini ma’lum qildi.

Uchrashuv yakunida fuqarolar deputatning ochiq muloqoti va muammolarga befarq bo‘lmagan yondashuvini ijobiy baholab, bunday uchrashuvlar aholi bilan deputat o‘rtasidagi o‘zaro ishonchni yanada mustahkamlashini ta’kidladilar.

Slide 1 of 6