#Deputat_faoliyati #kuz_qish_mavsumi
🏫 Nazorat va o‘rganish ishlari olib borildi
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati M. Musurmonov tuman maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limiga qarashli 54-maktabda bo‘lib, muassasaning issiqlik ta’minoti tizimini to‘liq ko‘zdan kechirdi.
O‘rganish davomida tizimning holati tahlil qilinib, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish hamda issiqlik tizimining barqaror ishlashini ta’minlash yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.
Mazkur ishlar o‘quvchilar va pedagoglar uchun qulay va iliq ta’lim muhitini yaratishga xizmat qiladi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
Telegram (https://t.me/Payariqkengashkotibiyati) | Veb-Sayt| (https://kengash.gov.uz/news?region_id=7&authority_id=377)