Tuman Kengashi deputatlari N.Ko‘ziyeva hamda Z.Umarovalar o‘z saylov okruglarida Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan ustuvor g‘oya va vazifalar yuzasidan targibot yig‘ilishi o‘tkazdilar.
Unda 6 ta ustuvor yo‘nalishda ilgari surilgan masalalar muhokama qilindi.
Yig‘ilishda Prezidentimiz Murojaatnomasini atroflicha o‘rganishga alohida e’tibor qaratildi. Shu asosda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan chora-tadbirlar va amaliy yo‘nalishlar ko‘rib chiqildi.
Yig‘ilish yakunida belgilangan vazifalarni o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirish bo‘yicha aniq vazifalar belgilab olindi.