Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi deputati Zoyir Turdiyev
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi Reglament va deputatlik odob-axloqi masalalari bo'yich doimiy komissiya raisi DJamalova
янв.21
Agrar, qurilish, komunal sohalar, ekologiya, sanoat va transport masalalari bo'yich doimiy komissiya raisi B.Shakarov
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi Korrupsiyaga qarshi kurashish, davlat orginlarida ochiqlikni ta'minlash va huquqiy masalalari bo'yich doimiy komissiya raisi S. Maxkamov
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi Ijtimoiy soha yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo'ycha doimiy kamissiya raisi M.Nurmanova
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi raisi A. Tavboyev
янв.21
#20_Sessiya_muhokamasida
янв.21
#Sessiyasida
янв.21
#Tuman_Kengashi_sessiyasida
янв.21
⚡️Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining navbatdagi yigirmanchi sessiyasi o‘z ishini boshladi.
Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi

Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi 8-Taraqqiyot saylov okrugidan saylangan deputat Xusnara Berdiyarova Boyovut tumani “Olmazor” mahallasida bo‘lib, hududdagi muammolarni o‘rganish maqsadida joylarda o‘rganishlar olib bordi.

Xususan, “Fido” ko‘chasida joylashgan elektr beton ustun yaroqsiz holga kelib, qulash xavfi yuzaga kelgani aniqlanib, ushbu holat fuqarolar hayoti va xavfsizligiga jiddiy tahdid solayotgani qayd etildi.

Shuningdek, “Fido” va “Nur” ko‘chalariga loy-tosh aralashmasi to‘kilgani sababli ko‘chalar ahvoli yanada yomonlashib, yog‘ingarchilik vaqtida yurib bo‘lmas darajaga kelgani aholining e’tirozlariga sabab bo‘lmoqda. Bundan tashqari, “Sofdillik” va “Yangi hayot” ko‘chalarida olib borilayotgan shag‘allantirish ishlari yakuniga yetkazilmagani hamda ishlar sifatsiz bajarilgani aniqlandi.

O‘rganishlar yakunida deputat mahalla yettiligi bilan uchrashib, aniqlangan muammolarni bartaraf etish, mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikda ularning yechimini topish hamda kelgusida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar yuzasidan atroflicha suhbatlashdi.

Slide 1 of 5