Xalq deputatlari Oltinsoy tuman Kengashi deputati Qurbaniyazov Yusup Xolmuminovich tashabbusi bilan Oltinsoy tumani hududida joylashgan ijtimoiy soha muassasalarida issiqlik tizimlarining holatini o‘rganish maqsadida deputatlik nazorati tadbirlari amalga oshirildi.
Mazkur o‘rganish ishlari davomida tumandagi 25-sonli umumta’lim maktabida mavjud issiqlik ta’minoti tizimlarining texnik holati o‘rganildi.
O‘rganish jarayonida aniqlangan holatlar yuzasidan tegishli xulosa va takliflar ishlab chiqildi hamda mas’ul tashkilotlarga belgilangan tartibda taqdim etildi.
✍️ Oltinsoy tumani Kengash Kotibiyati Axborot xizmati