Bugun yurtimiz, xususan, Samarqand shahrida butun dunyo e’tiborini qaratgan UNESCO Bosh konferensiyasining 43-sessiyasi o‘tkazilayotgani — nafaqat O‘zbekiston, balki butun Markaziy Osiyo mintaqasi uchun ham nihoyatda muhim va tarixiy voqeadir.
Davlatimiz rahbariyati tomonidan olib borilayotgan ochiq va faol tashqi siyosat, madaniy merosni asrash hamda barqaror rivojlanish tamoyillariga sodiqlik tufayli bunday nufuzli xalqaro anjumanlarni yurtimizda o‘tkazish imkoniyati yaratilmoqda.
Samarqand — UNESCOning Butunjahon merosi ro‘yxatiga kiritilgan bebaho shahar. Aynan shu qadimiy maskanda ilk bor UNESCO Bosh sessiyasining o‘tkazilayotgani O‘zbekistonning xalqaro maydondagi nufuzi yuksalayotganining yaqqol dalilidir.
Ushbu anjuman doirasida ta’lim, fan, madaniyat va axborot sohalarida yangi hamkorlik yo‘nalishlari belgilanishi, shuningdek, yoshlar va ayollar imkoniyatlarini kengaytirishga qaratilgan tashabbuslarning qo‘llab-quvvatlanishi — yurtimiz uchun katta yutuq, deb hisoblayman.
Ochilova Nazokat
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi deputati