Joriy yilning sentabr oyi boshida Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi deputati F.Dexqonova tomonidan Toshxovuz mahallasida korrupsiyaga qarshi kurash bo‘yicha targ‘ibot tadbiri va fuqarolar uchun sayyor qabul tashkil etildi.
Tadbirda avvalo korrupsiya illatining jamiyat taraqqiyotiga salbiy ta’siri, uning oqibatida yuzaga keladigan muammolar haqida atroflicha tushunchalar berildi.
Deputat F.Dexqonova o‘z chiqishida, korrupsiyaga qarshi kurashish nafaqat davlat idoralari, balki har bir fuqaroning ham fuqarolik burchi ekanligini ta’kidlab o‘tdi. Shu bilan birga, Prezident tomonidan ilgari surilayotgan ochiqlik, shaffoflik va qonun ustuvorligini ta’minlashga qaratilgan islohotlar mohiyati keng yoritildi.
Targ‘ibotdan so‘ng fuqarolar bilan sayyor qabul o‘tkazilib, ularning muammo va takliflari tinglandi. Deputat har bir murojaatni e’tibor bilan tinglab, ayrim masalalar joyida hal qilinishiga erishdi, ba’zilari esa tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda ko‘rib chiqilishi uchun nazoratga olindi.