Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi deputati Ochilova Nazokat Yo'ldoshovna "Go'zal" va "Mustaqillik" mahallalari aholisi bilan uchrashuv o‘tkazdi
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashiga 19-Rovot okrugidan saylangan deputat Zokir Isayev “Fitrat” mahallasida joylashgan 37-sonli DMTTdagi qurilish-ta’mirlash ishlari bilan tanishdi.
янв.21
Atrof-muhit – bizning umumiy mas’uliyatimiz
янв.21
Sog‘lom turmush tarzi — farovon kelajak garovi
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining navbatdagi yettinchi chaqiriq o‘ninchi sessiyasi o'tkazildi.
янв.21
Mahalla yettiligi va uning ijtimoiy ahamiyati
янв.21
Sog‘liqni saqlash xodimlari bilan ochiq muloqot
янв.21
Aholi bilan bevosita muloqot
янв.21
Tadbirkor bilan uchrashuv
янв.21
Tuman Kengashining doimiy komissiyalari ishtirokida muhokama yig'ilishi o'tkazildi.
Sog‘liqni saqlash xodimlari bilan ochiq muloqot

“Javshar ota” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida joylashgan “Yuqumli kasalliklar shifoxonasi”da xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi deputati M.Nurmanova tashabbusi bilan davra suhbati tashkil etildi. 

Deputat M.Nurmanova mamlakatimizda tibbiyot sohasini isloh qilish, tibbiyot xodimlarining mehnatini qadrlash va ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan islohotlar haqida ma’lumot berdi. Shuningdek, tibbiyot muassasalari moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, kadrlar malakasini oshirish, aholining sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish borasidagi chora-tadbirlar yuzasidan fikr almashildi.

Tibbiyot xodimlari o‘z faoliyatlari davomida duch kelayotgan muammolar, taklif va mulohazalarini bildirdilar. Jumladan, zamonaviy tibbiy uskunalarga ehtiyoj, yosh mutaxassislarni jalb qilish, mahalla darajasida sog‘lomlashtirish tadbirlarini kuchaytirish kabi masalalar ko‘tarildi. 

Slide 1 of 2