Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Aholi bilan bevosita muloqot
янв.21
Tadbirkor bilan uchrashuv
янв.21
Tuman Kengashining doimiy komissiyalari ishtirokida muhokama yig'ilishi o'tkazildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi deputati Musurmonov Maqsud Musurmon o‘g‘li tumandagi Guliston mahallasida joylashgan 15-umumta’lim maktabida bo‘lib, o‘z saylovchilari bilan navbatdagi ochiq muloqotni amalga oshirdi.
янв.21
“G’oyib ota” mahallasida “Vakillar yig‘ini” o‘tkazildi
янв.21
Yettinchi chaqiriq Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining navbatdagi o‘ninchi sessiyasini chaqirish to‘g‘risida farmoyish qabul qilindi.
янв.21
Deputat va mahalla yettiligi o‘rtasidagi hamkorlik: aholi muammolarini hal etishda muhim omil
янв.21
Ehtiyojmand oilalarga e’tibor – ijtimoiy mas’uliyat ifodasi
янв.21
Navbatdagi sessiya jarayonlariga tayorgarlik
янв.21
Fuqarolar muammolari tinglanmoqda: Payariqda navbatdagi ochiq qabul bo‘lib o‘tdi
Yettinchi chaqiriq Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining navbatdagi o‘ninchi sessiyasini chaqirish to‘g‘risida farmoyish qabul qilindi.

Yettinchi chaqiriq Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining navbatdagi o‘ninchi sessiyasini chaqirish to‘g‘risida farmoyishi qabul qilindi

Unga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi Qonunining 17-moddasiga asosan Kengashning navbatdagi o‘ninchi sessiyasi 2025-yil 23-iyul kuni o‘tkazilishi belgilandi.

Sessiya kun tartibiga quyidagi masalalar kiritildi.

- Yoshlar muammolarini hal qilish, bandligini ta’minlash, yosh avlodning iste’dod va qobiliyatlarini rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha sharoitlar yaratish borasida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan tuman hokimi I.Jabborovning hisoboti to‘g‘risida;

- “2025-yilda Respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-1-son Qarori ijrosi hamda Korrupsiyani oldini olish shuningdek “Respublikada kriminogen vaziyatni kundalik tahlil qilish faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-111-son qarori ijrosi yuzasidan tuman prokurori F.Egamqulovning axboroti to‘g‘risida;

- Payariq tumanini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturi ijrosini ta’minlash yuzasidan amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida tuman hokimining birinchi o‘rinbosari Sh.Eshonqulovning hisoboti to‘g‘risida;

- Tumanda jinoyatchilikni oldini olish, jamoat tartibini saqlash va fuqarolar xavfsizligini ta’minlash borasida amalga oshirilgan ishlar va yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar yuzasidan tuman IIB boshlig‘ining o‘rinbosari jamoat xavfsizligi xizmati boshlig‘i Sh.Po‘latovning hisoboti to‘g‘risida;

- Mahalliy byudjet daromadlari bajarilishi, qo‘shimcha rezervlarni aniqlash bo‘yicha qilingan ishlar, shuningdek soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar kesimida byudjetga hisoblangan va amalda to‘langanligi, ular bo‘yicha soliq qarzdorligi to‘g‘risidagi Payariq tumani Soliq inspeksiyasi boshlig‘i D.Esirgapovning hisoboti to‘g‘risida;

- Tumandagi davlat organlari va tashkilotlarining norma ijodkorligi faoliyati hamda huquqni qo‘llash amaliyotining holati to‘g‘risidagi tuman Adliya bo‘limi boshlig‘i O.Xolboyevning axboroti;

- Boshqa masalalar. 

Slide 1 of 1