INSON QADRI BILAN ULUGʻ
Bugun, 9-may-Xotira va qadrlash kuni arafasida tuman Tibbiyot birlashmasi boshlig‘i D. Jo‘rayev, Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashiga 11-Emalach saylov okrugidan saylangan deputat A. Tavboyev, birlashma koordinatori, boshqa tibbiyot xodimlari ishtirokida "Xalqobod" MFY Eshimoqsoq qishlog‘ida yashovchi Mamadaliyev Orif aka xonadonida bo‘lishib, uning hol-ahvolini o‘rganishib, tibbiy tekshiruvdan o‘tkazishdi.
U kishi bilan bugungi kundagi farovonlik, to‘kin-sochinlik, yoshlarning tarbiyasida xotira va tarixni bilishning ahamiyati haqida suhbatlashishdi.