➡️Jarayonda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Navoiy viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 430-sonli Qaroriga muvofiq, ushbu hududda maxsus tomosha maydonchasi barpo etish bo‘yicha muhim muhokamalar olib borildi.
➡️Mazkur loyiha orqali shamol energetikasining imkoniyatlarini aholiga yaqinroq tanishtirish hamda hududning turistik salohiyatini oshirish maqsad qilingan.
➡️Muhokama jarayonida maydon atrofida obodonlashtirish, yashil hududlar barpo etish, yoritish va zarur qulayliklarni yaratish ham ko‘zda tutilgani ta’kidlandi.