Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ДЕПУТАТ НАЗОРАТИ
янв.21
ДЕПУТАТ НАЗОРАТИ
янв.21
«Сой» МФЙда оилалар мустаҳкамлиги ва аёллар бандлиги эътиборда
янв.21
ДЕПУТАТ НАЗОРАТИ
янв.21
Бойтўпида янги «Маҳалла гузари» барпо этилади.
янв.21
Тиббий хизмат сифати аҳоли билан очиқ мулоқот.
янв.21
ДЕПУТАТ НАЗОРАТИ
янв.21
ТИНЧЛИК МАҲАЛЛАСИ
янв.21
“Очиқ бюджет”да ғолиб бўлган лойиҳа: “Тинчлик” МФЙ кўчалари асфальт қилинмоқда
янв.21
“Аҳиллик” маҳалласида бепул чуқурлаштирилган тиббий кўрик ўтказилди
Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi kotibiyatida Kengash raisi O.Axmatshayev ishtirokida navbatdagi ishchi yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilish davomida joriy hafta mobaynida Kengash faoliyati doirasida amalga oshirilgan ishlar, deputatlik nazorati tadbirlari hamda fuqarolar murojaatlari bilan ishlash natijalari yuzasidan kotibiyat mudiri va mutaxassislari ishtirokida muhokama qilindi.

Shuningdek, Kengash faoliyatining samaradorligini oshirish, belgilangan vazifalarning ijrosini ta’minlash hamda hududdagi dolzarb masalalarni o‘z vaqtida hal etish bo‘yicha muhokamalar olib borildi. Muhokamalar jarayonida Kengash huzuridagi Yoshlar maslahat guruhi faoliyatini yanada jonlantirish, yoshlarning tashabbus va takliflarini kengroq o‘rganish, ularni hududdagi ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarga faol jalb etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Yoshlar maslahat guruhi a’zolari bilan hamkorlikni kuchaytirish, joylarda uchrashuvlar va ochiq muloqotlarni ko‘paytirish, yoshlar muammolarini o‘rganish hamda ularning bandligi, ta’lim va tadbirkorlik yo‘nalishidagi tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash yuzasidan tegishli vazifalar belgilandi. Shuningdek, guruh faoliyatini tizimli tashkil etish va uning Kengash ishlaridagi ishtirokini yanada faollashtirish bo‘yicha takliflar ko‘rib chiqildi.

Yig‘ilish yakunida kelgusi hafta uchun ustuvor vazifalar, nazorat tadbirlari va amalga oshirilishi lozim bo‘lgan chora-tadbirlar belgilab olindi.

Slide 1 of 4