Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ДЕПУТАТ НАЗОРАТИ
янв.21
ДЕПУТАТ НАЗОРАТИ
янв.21
«Сой» МФЙда оилалар мустаҳкамлиги ва аёллар бандлиги эътиборда
янв.21
ДЕПУТАТ НАЗОРАТИ
янв.21
Бойтўпида янги «Маҳалла гузари» барпо этилади.
янв.21
Тиббий хизмат сифати аҳоли билан очиқ мулоқот.
янв.21
ДЕПУТАТ НАЗОРАТИ
янв.21
ТИНЧЛИК МАҲАЛЛАСИ
янв.21
“Очиқ бюджет”да ғолиб бўлган лойиҳа: “Тинчлик” МФЙ кўчалари асфальт қилинмоқда
янв.21
“Аҳиллик” маҳалласида бепул чуқурлаштирилган тиббий кўрик ўтказилди
Suv ta’minoti obyektlari faoliyati o'rganildi.

Suv ta’minoti obyektlari faoliyati o'rganildi.

Xalq deputatlari Angor tumani Kengashi kotibiyati mudiri Jamshid Raximqulov hamda 6-Qorasuv saylov okrugi deputati tomonidan hudud aholisini sifatli ichimlik suvi bilan ta’minlash maqsadida faoliyat yuritayotgan suv ta’minoti inshooti o‘rganildi.

O‘rganish jarayonida nasos stansiyasining texnik holati, suv uzatish tizimida foydalanilayotgan nasos agregatlari, quvur tarmoqlari hamda bosim nazorat uskunalarining ishlash samaradorligi ko‘zdan kechirildi.

Mutasaddilar tomonidan suv ta’minotining uzluksizligini ta’minlash, mavjud texnik vositalardan oqilona foydalanish va tizimda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan muammolarning oldini olish yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar haqida ma’lumot berildi.

Deputat tomonidan aholini sifatli va barqaror ichimlik suvi bilan ta’minlash masalasi doimiy nazoratda bo‘lishi, mavjud muammolarni bartaraf etish hamda tizim samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha tegishli tavsiyalar bildirildi. Suv ta’minoti sohasida olib borilayotgan ishlar aholi turmush farovonligini yuksaltirishda muhim ahamiyat kasb etishi ta’kidlandi.

Slide 1 of 1