Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ДЕПУТАТ НАЗОРАТИ
янв.21
ДЕПУТАТ НАЗОРАТИ
янв.21
«Сой» МФЙда оилалар мустаҳкамлиги ва аёллар бандлиги эътиборда
янв.21
ДЕПУТАТ НАЗОРАТИ
янв.21
Бойтўпида янги «Маҳалла гузари» барпо этилади.
янв.21
Тиббий хизмат сифати аҳоли билан очиқ мулоқот.
янв.21
ДЕПУТАТ НАЗОРАТИ
янв.21
ТИНЧЛИК МАҲАЛЛАСИ
янв.21
“Очиқ бюджет”да ғолиб бўлган лойиҳа: “Тинчлик” МФЙ кўчалари асфальт қилинмоқда
янв.21
“Аҳиллик” маҳалласида бепул чуқурлаштирилган тиббий кўрик ўтказилди
Deputatlik so‘rovi yuborildi.

Deputatlik so‘rovi yuborildi.

Xalq deputatlari Angor tumani Kengashi kotibiyat mudiri Jamshid Raximqulov tomonidan fuqarolar murojaati asosida tegishli tashkilotlarga deputatlik so‘rovi yuborildi.

Murojaatda Gulzor mahalla fuqarolar yig‘ini hududidagi Fidokor, Yoshlik, Bo‘ston hamda Kamolat ko‘chalarida elektr energiyasi ta’minotidagi muammolar yuzasidan aholi tomonidan bildirilgan murojaatlar qayd etilgan. Xususan, elektr quvvatining pastligi sababli fuqarolar foydalanayotgan maishiy texnika vositalarining to‘laqonli ishlamayotgani, kechki paytlarda esa elektr chiroqlarining xiralashib qolayotgani aholi orasida haqli e’tirozlarni keltirib chiqarmoqda.

Mazkur holatlarni bartaraf etish, aholini sifatli va barqaror elektr energiyasi bilan ta’minlash maqsadida murojaatda keltirilgan masalalarni joyiga chiqqan holda atroflicha o‘rganish, mavjud muammolarning sabablarini aniqlash hamda ularni bartaraf etish bo‘yicha tegishli choralar ko‘rish so‘raldi.

Shuningdek, ko‘rilgan choralar va o‘rganish natijalari yuzasidan deputatlik so‘roviga qonunchilikda belgilangan muddatlarda asoslantirilgan javob taqdim etish so‘raladi.

Slide 1 of 1