Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ДЕПУТАТ НАЗОРАТИ
янв.21
ДЕПУТАТ НАЗОРАТИ
янв.21
«Сой» МФЙда оилалар мустаҳкамлиги ва аёллар бандлиги эътиборда
янв.21
ДЕПУТАТ НАЗОРАТИ
янв.21
Бойтўпида янги «Маҳалла гузари» барпо этилади.
янв.21
Тиббий хизмат сифати аҳоли билан очиқ мулоқот.
янв.21
ДЕПУТАТ НАЗОРАТИ
янв.21
ТИНЧЛИК МАҲАЛЛАСИ
янв.21
“Очиқ бюджет”да ғолиб бўлган лойиҳа: “Тинчлик” МФЙ кўчалари асфальт қилинмоқда
янв.21
“Аҳиллик” маҳалласида бепул чуқурлаштирилган тиббий кўрик ўтказилди
Murojaatlar ijrosi nazoratda.

Murojaatlar ijrosi nazoratda.

Xalq deputatlari Angor tumani Kengashi kotibiyati mudiri Jamshid Raximqulov tomonidan 6-Qorasuv saylov okrugi o‘z saylov okrugidagi fuqarolardan kelib tushgan elektr ta’minoti bilan bog‘liq murojaatlar joyiga chiqqan holda o‘rganildi.

O‘rganish jarayonida hududdagi transformator punkti hamda elektr uzatish tarmoqlarining texnik holati ko‘zdan kechirilib, mavjud muammo va kamchiliklar atroflicha tahlil qilindi. Fuqarolar tomonidan bildirilgan taklif va e’tirozlar tinglanib, murojaatlarda ko‘tarilgan masalalarning mazmun-mohiyati yuzasidan tegishli mutaxassislar ishtirokida muhokama o‘tkazildi.

Aniqlangan muammolarni bartaraf etish hamda elektr ta’minoti sifatini yaxshilash yuzasidan tegishli tashkilotlarga deputat so‘rovi yuborish belgilandi. Shuningdek, murojaatda ko‘tarilgan masalalarning qonuniy va amaliy yechimini ta’minlash maqsadida ularning ijrosi nazoratga olindi.

Fuqarolar murojaatlari bilan ishlash, ularning muammolarini o‘rganish va ijobiy hal etishga ko‘maklashish doimiy e’tibordagi masalalardan biri hisoblanadi.

Slide 1 of 1