Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ДЕПУТАТ НАЗОРАТИ
янв.21
ДЕПУТАТ НАЗОРАТИ
янв.21
«Сой» МФЙда оилалар мустаҳкамлиги ва аёллар бандлиги эътиборда
янв.21
ДЕПУТАТ НАЗОРАТИ
янв.21
Бойтўпида янги «Маҳалла гузари» барпо этилади.
янв.21
Тиббий хизмат сифати аҳоли билан очиқ мулоқот.
янв.21
ДЕПУТАТ НАЗОРАТИ
янв.21
ТИНЧЛИК МАҲАЛЛАСИ
янв.21
“Очиқ бюджет”да ғолиб бўлган лойиҳа: “Тинчлик” МФЙ кўчалари асфальт қилинмоқда
янв.21
“Аҳиллик” маҳалласида бепул чуқурлаштирилган тиббий кўрик ўтказилди
Bugun Jarqo'rg'on tumanida xalq deputatlari Surxondaryo viloyat, shahar, tuman Kengashlari faoliyati samaradorligini oshirish va jamoatchilik nazoratini kuchaytirish masalalari muhokama qilindi

Bugun Jarqo'rg'on tumanida xalq deputatlari Surxondaryo viloyat, shahar, tuman Kengashlari faoliyati samaradorligini oshirish va jamoatchilik nazoratini kuchaytirish masalalari muhokama qilindi

Oliy Majlis Senati devonining Hududiy vakillik organlari faoliyatini o‘rganish markazi bosh maslahatchisi Abduvohidbek Ergashev hamda yetakchi maslahatchisi Sharofiddin Majidovlarning xalq deputatlari viloyat, shahar, tuman Kengashi kotibiyati xodimlari bilan bo‘lib o‘tgan seminar uchrashuvida Kengashlar faoliyati tahlil qilindi hamda kelgusidagi ustuvor vazifalar belgilab olindi.

Bugungi uchrashuvda mahalliy Kengashlar faoliyati samaradorligini oshirish, deputatlik nazoratini kuchaytirish va qonun ustuvorligini taʼminlash masalalariga alohida eʼtibor qaratilib, seminarda xalq deputatlari Surxondaryo viloyati, Angor , Termiz, Jarqo'rg'on, Qumqo'rg'on tumanlari va Termiz shahar Kengashi kotibiyati xodimlari ishtirok etishdi.

Taʼkidlanganidek, so‘nggi yillarda mamlakatimizda davlat boshqaruvi tizimini demokratlashtirish, hokimiyat tarmoqlari o‘rtasida muvozanatni taʼminlash hamda xalq bilan muloqotning samarali mexanizmlarini shakllantirishga qaratilgan keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilmoqda.

Xususan, Kengash qarorlarini qabul qilishda qonunchilik talablariga qatʼiy rioya qilish, mansabdor shaxslarning hisobotlarini eshitishda tizimdagi muammoli masalalarning yechimiga, aholi murojaatlari bilan ishlash holatiga eʼtiborni qaratish, Kengashlarning nazorat funksiyasini kuchaytirish, deputatlarning tashabbuskorligi va aholi bilan ishlash faolligini yanada oshirish zarurligi taʼkidlandi.

Muhokamalar yakunida viloyat, shahar va tuman Kengashlari, deputatlar ishini yanada samarali tashkil etish yuzasidan kotibiyat mudirlari va mutaxassislarning fikr-mulohazalari eshitildi hamda zarur ko'rsatma va topshiriqlar berildi.

Slide 1 of 1